Uch kun davomida ma’muriy jarimalarni onlayn to‘lab bo‘lmaydi
Navbatdagi 3 kun davomida banklar va mobil ilovalar orqali ma’muriy jarimalarni to‘lash imkoni bo‘lmaydi. Bu to‘g‘rida Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ma’lum qilgan.
O‘QING: Yagona portal: 2021 yili ishga tushadigan 60 ta yangi xizmat tasdiqlandi
Xabarga ko‘ra, dyhxx.ejarima.uz tizimini modernizatsiya qilish va takomillashtirish ishlari amalga oshirilishi sababli tizim 2021 yil 7 aprel kuni soat 22:00dan 11 aprel kuni soat 16:00ga qadar vaqtincha ishlamaydi.
Qayd etilishicha, texnik ishlar vaqtida — joriy yilning 9-11 aprel kunlari Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring (MUNIS) tizimi orqali «0210-MVD oplata shtrafov» xizmatlar yetkazib beruvchisiga ma’muriy huquqbuzarliklar uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan jarima to‘lovlari qabul qilinmaydi.
O‘QING: Imtiyozli kredit olishingiz uchun maxsus sayt ishga tushdi!