UChRAShIB QOLSAK: o‘zga sayyoraliklar bizni tushunmasa, biz ularni tushunmasak..?

  •   Saroy
  •  6984
  •  21.06.2018 18:09

 UChRAShIB QOLSAK: o‘zga sayyoraliklar bizni tushunmasa, biz ularni tushunmasak..?

Olimlar o‘zga sayyoraliklar tushunadigan til yaratish ustida bosh qotirishmoqda. Sayyoramizdan tashqarida hayot izlarini qidirish bilan shug‘ullanayotgan METI loyihasi ishtirokchilari ushbu masalani ijobiy hal etishga jiddiy bel bog‘lashgan. Ularga bu borada NASA yordam beradi.

Yangi tilni yaratishdan asosiy maqad — o‘zga sayyoraliklarni yerliklarning ularga nisbatan hech qanday yomonligi yo‘qligiga ishontirishdan iborat.  Yangi til yaratilgandan keyin, maktub koinotga jo‘natiladi.

O‘QING: NASA Marsni bosqichma-bosqich egallash rejasini tuzdi

–U shunday til bo‘lsinki, ular bu tilni o‘qiy olsin yoki tushinsin, hech bo‘lmaganda, biror bir yo‘l bilan bizning maqsadlarimizni anglasinlar,– deydi olimlar. Ammo, kelgindilar bilan umumiy til topishish uchun sayyoramizdagi birorta til ham to‘g‘ri kelmaydi, demak qandaydir, mutlaqo yangi tilni yaratish lozim bo‘ladi.

Yerdagi barcha tillar bir biriga o‘xshash tuzilmaga ega. O‘zga sayyoraliklarning tili-chi, ozgina bo‘lsa-da biznikini eslatarmikan?

«Xomskiy (mashhur tilshunos, rasmiy tillar kvalifikatsiyasi muallifi) har doim aytardiki, agar marsliklar yerga uchib kelsa, ularga yerliklarning hammasi bir lahjada gaplashayotgandek tuyuladi», — deya hikoya qiladi  METI loyihasi asoschisi Duglas Vakox (ushbu loyiha jamoasi koinotga maktub yo‘llash ustida ish olib bormoqda). «Yerdagi barcha tillar bir-biriga o‘xshash tuzilmaga ega. O‘zga sayyoraliklarning tili-chi, ozgina bo‘lsa-da biznikini eslatarmikan? Bunga shubham bor» deydi olim.

O‘QING: Amerika kosmodromlari okean tahdidi ostida

Ammo ko‘pchillik olimlar — ular orasida Xomskiyning o‘zi ham bor, kelgindilar bilan aloqa o‘rnatish uchun o‘zimizning til tuzilmamiz ham yetarli, deb hisoblashmoqda. Olimlarning ishonch bilan ta’kidlashicha, o‘zga sayyoraliklar ham o‘z tillarini xuddi bizga o‘xshab o‘rganadilar, qayta-qayta takrorlanayotgan so‘zlarni yod oladi va ulardan yanada murakkabroq gap tuzadi. Bu fikr adolatdan bo‘lishi mumkin, agarda o‘zga sayyoraliklarning miyasi ozgina bo‘lsa ham biznikiga o‘xshagan bo‘lganida, deydi Lourens Texnologiyalar Universiteti vakili Gonsalo Munevar. Bundan tashqari, ularda biz tushungan miyaning o‘zi bo‘lmasa-chi? Rostdan ham ularning umuman miyasi yo‘qdir va amalda yerdagi aloqalar ular uchun jumboq bo‘lib qolayotgandir.

O‘QING: Tesla asoschisi Marsda 2 ta termoyadroli quyosh o‘rnatmoqchi

Fikrlar bir-biriga qarshi bo‘lishiga qaramay, olimlar butun koinot uchun tushunarli bo‘lgan yagona tilni yaratishga jiddiy kirishganHa, aloqa o‘rnatish uchun universal vosita biz uchun juda kerak, deydi koinotshunoslar, agar u yaratilmasa-chi? Sayyoramizga koinot tubidan mehmonlar tashrif buyursa va biz yerliklar bilan aloqa o‘rnatmoqchi bo‘lsa, qanday yo‘l tutishimizni o‘zimiz ham bilmaymizku?