Uchta modeldagi Galaxy S10: suratlari, jihatlari, ANIQ narxlari, taqdimot va savdoga chiqish kunlari!

  •   DiMaX
  •  4091
  •  13.12.2018 11:31

Uchta modeldagi Galaxy S10: suratlari, jihatlari, ANIQ narxlari, taqdimot va savdoga chiqish kunlari!

Samsung kompaniyasining o‘ninchi avlod flagman smartfonlari haqida juda ko‘p va turli-tuman ma’lumotlar tarqalmoqda. Ammo bugun – 2018 yilning 13 dekabrida insayderlar ularning narxlari, rasmiy namoyish va sotuvga qo‘yilish vaqtlarigacha ma’lum qilishdi.

O‘QING: Uchtalik kamerali Samsung Galaxy S10 ikkita «jonli» suratda!

Shunday qilib, Galaxy S10 modellarini joriy yilning 20 fevralida – Samsung Unpacked tadbirida rasman taqdim etishadi. Ya’ni, janubiy koreyalik gigant hatto olamshumul Mobile World Congress 2019 konferensiyasining ochilishini ham kutib o‘tirmaydi, ammo bu tadbirda ham yangi flagmanlarini ko‘rsatadi. Uchala modeldagi smartfon uchun oldindan buyurtma qabul qilish ham 20 fevraldayoq boshlanadi, do‘konlar peshtaxtalariga esa ular 8 mart kuni chiqariladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu smartfonlarning old yuzalari ko‘rinishi quyidagicha:

Eng qizig‘i – smartfonlarning narxlari, ammo insayderlar Galaxy S10 modellari uchun Buyuk Britaniya bozorida belgilangan narxlarnigina ma’lum qilishgan. Bu yerda esa turli gadjetlar boshqa mamlakatlarga nisbatan salgina qimmatroq sotiladi.

O‘QING: Samsung endi Galaxy’dan tashqari o‘ta arzon Rize seriyasida ham smartfonlar chiqaryapti!

Xullas, 5,8 dyuymlik tekis ekranga va 128 gigabaytlik doimiy xotiraga ega, eng arzon Galaxy S10 Lite smartfonining Angliyadagi narxi 845 dollarga teng. Standart model – chetlari qayrilma 6,1 dyuymlik displeyga va 128 GBlik xotiraga Samsung Galaxy S10 uchun esa 1010 dollar so‘raladi. Ayni shu modelning 512 gigabaytlik doimiy xotiraga ega versiyasi bo‘lsa 1260 dollar turadi.

Va nihoyat 6,4 dyuymlik ekranga ega Galaxy S10 Plus flagmaniga kelsak, uning 128 gigabaytlik boshlang‘ich versiyasiyoq 1135 dollarga baholanmoqda. Uning o‘rtacha – 512 gigabaytlik ichki xotiraga ega talqini 1385 dollar bo‘lsa, ilg‘or konfiguratsiyadagisi naq 1 terabaytlik doimiy xotiraga ega va Samsung uning uchun naq 1765 dollar narx belgilagan!

Darvoqe, keyinroq hali Galaxy S10’ning beshinchi avlod uyali aloqa tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlovchi versiyasi ham sotuvga chiqadi. Uning yanada qimmat bo‘lishi aniq, demak – 1765 dollar degani hali unchalik ham qo‘rqinchli narx emas...

Darvoqe, shu kungacha bozorga chiqqan Samsung smartfonlarini Terashop.uz internet-do‘konimizdan 861 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda onlayn usulda sotib olish mumkin.

O‘QING: «To‘rtko‘z» Galaxy A9 ham Terashop.uz’ga yetib keldi, Samsung smartfonlarining arzonlashgan narxlari (2018 yil 10 dekabr) – O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!