Uchuvchisiz uchar qurilma parvoz rekordini o‘rnatdi

  •   Saroy
  •  1209
  •  28.07.2018 13:28

Uchuvchisiz uchar qurilma parvoz rekordini o‘rnatdi

Yevropa aviatsiya ishlab chiqarish konserni bo‘lmish, Airbus tomonidan yaratilgan uchuvchisiz uchar apparat  – Zephyr S havoda 15 kundan buyon tinmay parvoz qilmoqda. Bu bilan ushbu apparat uzoq vaqt samoda qolish bo‘yicha dronlar ichida rekord qo‘ydi.

Zephyr S’ning birinchi parvozi 2018 yil 11 iyulda boshlangan edi. Dron Arizona shtati poligonidan uchirilgan va hamon havoda qolmoqda. «Zefira»ning davomiy parvozidagi yakuniy rekord u yerga qo‘nganidan keyin qayd etiladi, ammo bu qachon sodir bo‘ladi? Ushbu savolga  Airbus hozircha aniqlik kiritgani yo‘q. Nazariy jihatdan olib qaraganda, ushbu dron havoda uch oygacha qolishi mumkin ekan.

O‘QING:Shavkat Mirziyoyev dronlar ishlab chiqarishni joriy etishga chaqirdi

Uchuvchisiz  uchar qurilmalar orasida uzoq vaqt parvoz qilish bo‘yicha avvalgi rekord  Zephyr apparatining prototipi tomonidan o‘rnatilgan edi. O‘shanda quyosh batareyasidan quvvatlanadigan bir juft elektromotorli dron havoda ikki hafta tura olgan.

«Zefira»ning kanotlari yoyilganda 28 metrga yetadi va ustki tomoni to‘laligicha quyosh batareyasi bilan qoplangan. Apparat 21,3 kilometr balandlikda parvoz qilib, besh kilogrammgacha yukni elta oladi. Zephyr S’ni seriyali ishlab chiqarish iyul oyining o‘rtalarida Britaniyaning Fornborosida boshlangandi. Dastlabki uchta apparat Britaniya harbiylari uchun mo‘ljallangan.

O‘QING:AQSh sudi dronlar ro‘yxatga olinishini bekor qildi

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.