Ulkan avtonom harakatlanadigan kemalar yaratiladi: Rolls-Royce va Intel hamkorligi natija berarmikan?

  •   Saroy
  •  602
  •  16.10.2018 17:28

Ulkan avtonom harakatlanadigan kemalar yaratiladi: Rolls-Royce va Intel hamkorligi natija berarmikan?

Rolls-Royce 2016 yilda boshlagan mustaqil ishlaydigan kemalar yaratish rejasining tafsilotlarini  oshkor etdi. Endi ma’lum bo‘lishicha, qimmatbaho avtomobil ishlab chiqaruvchi gigant yuk kemalarini yaratishda   Intel bilan hamkorlik qiladi. Kemalar okeandan ekipajsiz suzib o‘ta olishi kerak, ya’ni uni odamlar boshqarmaydi. Kemalar  sun’iy intellekt yordamida navigatsiya uchun LIDARlar, radiolokatsion, teplovizion- va HD-kamera qurilmalari bilan jihozlanadi.

O‘QING:28-yadroli Xeon hamda Core i: Intel yangi protsessorlarini namoyish qildi

Kemaning sun’iy intellekti  datchiklar to‘plagan ma’lumotlar asosida qaror qabul qilish uchun Intel Xeon Scalable protsessorlari bilan ishlaydi. Ushbu datchiklar kuniga 1 Tbayt sig‘imdagi ma’lumotlarni yig‘a oladi. Rolls-Royce ushbu ma’lumotlarni Intel’ning 3D NAND-omborida saqlamoqchi, u xuddi kemaning «qora quti»siga o‘xshab ishlaydi.  

Yashash xonasi bo‘lmagani tufayli yuk bo‘lmalarini kengaytirish mumkin. Hozirda Rolls-Royce sun’iy intellektni Yaponiyaning Kobe shahri portida ishlayotgan poromda testdan o‘tkazmoqda. Kompaniya shuningdek, o‘zining sun’iy intellektiga boshqa kemalarni hamda suvdagi va sohildagi turli to‘siqlarni farqlay olishni ham o‘rgatmoqda.

O‘QING:Intel'ni ortda qoldirmoqchi bo‘lgan brend

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.