UMS’dan xushxabar: ikkita yillik tarif!

  •   DiMaX
  •  4936
  •  06.06.2018 10:07

UMS’dan xushxabar: ikkita yillik tarif!

O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan uyali aloqa operatorlari orasida Universal Mobile Systems (UMS) kompaniyasi bu yil ancha faollik ko‘rsatmoqda. Jumladan, 2018 yilning bahor oylarida yurtdoshlarimiz uchun to‘qqizta, sayyohlar uchun ham bitta yangi tarif rejasini ishga tushirdi.

O‘QING: UMS’dan yangi aksiya: «Plyusda bo‘ling!»

Yozning boshidanoq bu kompaniya o‘z mijozlari uchun yana ikkita yangi tarifni e’lon qildi. Ularda abonentlar bir yillik muddatga to‘lov qilishadi va har oy tegishli hajmda daqiqalar, SMS-xabarlar va megabaytlar limitini olib turishadi. Shunga mos tarzda ular «Premial yillik» va «Ideal yillik» deb nomlangan (aniqrog‘i – kompaniya rasmiy saytining ruscha bo‘limida ular «Premialniy godovoy» hamda «Idealniy godovoy» deb ko‘rsatilgan, o‘zbekcha bo‘limiga esa hozircha – 6 iyun, soat 10:00 gacha bu xabar joylanmagan).

«Premial yillik» tarifida yillik abonent to‘lovi 630 000 so‘mga teng bo‘lib, unda abonentga har oyda O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun 1000 daqiqa, 1000 SMS-xabar hamda 3000 megabayt hajmida limit taqdim etiladi.

«Ideal yillik» tarif rejasining yillik abonent to‘lovi esa 1 050 000 so‘mni tashkil etadi. Unda O‘zbekiston bo‘yicha muloqotlar uchun chiquvchi 2000 daqiqa va 2000 SMS-xabar, shuningdek, 4000 megabayt hajmida internet-trafik beriladi.

Ushbu tarif rejalarining shartlari va boshqa ma’lumotlar bilan batafsil tanishish uchun UMS rasmiy saytiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: UMS’ning barcha USSD-kodlarini bilib oling! (To‘liq ro‘yxat)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!