Urganchda trafik o‘g‘risi ushlandi

  •   DiMaX
  •  1532
  •  29.09.2018 16:32

Urganchda trafik o‘g‘risi ushlandi

Xorazm viloyati Urganch shahrida uyali aloqa vositasidagi internet trafiklarini o‘g‘irlab kelgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi, deb yozadi Turon24 nashri.

O‘QING: Eng xavfli kiber-o‘g‘ri qo‘lga olindi

Urganch shahar IIBga mobil telefonidagi internet trafiklari to‘satdan yo‘qolib qolayotgani to‘g‘risida bir necha fuqarodan murojaat kelib tushadi. Kiberjinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limining tezkor xodimlari tekshiruv-surishtiruv ishlarini olib boradi.

Aniqlanishicha, Urganch shahrida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan I.D. 2012 yilning dekabr oyidan 2018 yilning iyun oyigacha 58 nafar fuqaroning qariyb 13 yarim million so‘mlik internet trafigini o‘g‘irlagan.

Hozir mazkur holat yuzasidan I.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

O‘QING: Pocket Sense – smartfonni o‘g‘irlashdan saqlovchi ishonchli ilova