Ushbu smartfonlar 2021 yildan saytlarga kira olmay qoladi!

  •   DiMaX
  •  4254
  •  09.11.2020 13:29

Ushbu smartfonlar 2021 yildan saytlarga kira olmay qoladi!

Let's Encrypt kompaniyasi 2015 yili IdenTrust bilan birgalikda shifrli saytlar sertifikatsiyasini imzolagan edi. Uning xabar berishicha, mazkur sertifikatning muddati 2021 yilda yakuniga yetadi. Bu degani – kelasi yildan aksariyat eski qurilmalar saytlarni ocha olmay qoladi.

O‘QING: Error 404: ochilmayotgan, hatto o‘chirib yuborilgan veb-sahifani ko‘rishning ikkita osongina yo‘li bor!

DST Root X3 nomli bu sertifikatning amal qilishi 2021 yilning 1 sentyabridan tugallanadi. Yuqorida tilga olingan kompaniyalar uning muddatini uzaytirish haqida kelishib olmaganlar, shuning uchun Let's Encrypt bu borada o‘z sertifikatiga o‘tishni rejalashtirmoqda.

Ushbu sertifikatning eskirishi esa 2016 yildan buyon yangilanmagan qurilmalarning saytlarga kirish imkonini cheklab qo‘yadi. Birinchi navbatda bu – Android 7.1.1 hamda undan eski talqinlardagi operatsion tizim bazasida ishlayotgan smartfonlardir.

Masala naqadar jiddiy ekanligi quyidagi raqamlarda ayonlashdi: Let's Encrypt sertifikatlaridan hozirda global internetdagi domenlarning uchdan bir qismi – 200 milliondan oshiq sayt foydalanadi. Android 7 va undan ham oldingi versiyali operatsion tizimli smartfonlar esa «yashil robotchali» qurilmalarning 33,8 foizini tashkil etadi.

Mazkur muammoning ikkita yechimi bor va ulardan eng soddasi – smartfonni yangisiga, zamonaviyrog‘iga almashtirishdir. Buni cho‘ntagi ko‘tarmaydiganlar uchun ikkinchi chora esa Firefox ilovasidan foydalanish bo‘ladi. Zero, bu – saytlarni ochish uchun o‘z sertifikatlar ro‘yxatiga ega bo‘lgan, ularni qurilma tizimidan olmaydigan yagona brauzer hisoblanadi.

O‘QING: iPhone va Android-smartfonlar uchun eng zo‘r brauzerlar («Roskachestvo» reytingi)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.