Uyda kerak bo‘ladigan 10 ta noutbuk: Windows’da ishlaydigani

  •   Saroy
  •  2409
  •  12.09.2018 09:45

Uyda kerak bo‘ladigan 10 ta noutbuk: Windows’da ishlaydigani

Statsionar kompyuter joningizga tegdimi, yoki shunchaki bir joyda o‘tiraverishdan bezor bo‘ldingizmi, demak sizga noutbuk xarid qilish vaqti kelibdi. Siz uchun “uy noutbukining” 10 ta varianti bor: «arzoni», qudratlisi yoki biznes-klass. Va barchasi universal va hammamizga tanish  Windows boshqaruvida.

 «Arzoni»

Birinchi galda, sizga o‘zi noutbuk nega kerak, degan savolga javob bering. Har kungi ishlar uchun: hujjatlar bilan ishlash, internet, filmlar? Ehtimol, sizga kichik hajmdagi, yengili va unchalik qimmat bo‘lmagan nautbuk kerakdir. Bunaqasi uyingizda umuman joy egallamaydi va uni shux bolakaylarning qo‘liga ham qo‘rqmay, bemalol bersa ham bo‘ladi. Agar u planshet bo‘lsa va yana klaviaturani ham ulasa bo‘ladigani yanayam yaxshi. Xullas boshlaymiz:

Lenovo Miix320 — klaviaturaning keragi yo‘q!

«Personal kompyuter» deganda hozir hech kim bolalikdagi aylantirib bo‘lmaydigan og‘ir statsionar kompyuterni tushinmaydi. Bunday  obraz allaqachon reallik bilan aloqani yo‘qotgan. Bugungi kunda anchayin kuchli kompyuter deganimiz ham ekrani 10 dyumli oddiy planshet bo‘lishi mumkin va buni Lenovo Miix320  a’lo darajada tasdiqlaydi.

Intel Atom platformasidagi planshet barcha odatdagi idora dasturini videopleyerlar va brauzerlarni qo‘llab quvvatlaydi. Unga muammosiz katta monitorni istalgan periferiyada ulash mumkin.

Keyin noutbukdan klaviaturani ajratamiz, albomga mo‘ljallab ag‘daramiz va o‘zimizga qulay tarzda devanga yotib olib maqolalarni, kitoblarni o‘qiymiz, video ko‘ramiz. Shu bilan birga, qulay klaviatura bilan  USB-portali ham  komplektga kiradi. Tugal baxt uchun yana nima kerak, simsiz sichqoncha sotib olish qoldi, xalos.

Acer Spin 1 — eng arzon «transformer»

Acer Spin 1 noutbuk  ham, planshet ham bo‘la oladi, ammo ozgina boshqacha. Ishlash samaradorligiga salbiy ta’sir etmaslik uchun ishlab chiqaruvchi shunchaki 360 darajaga buriladigan o‘ziga xos ilmoqdan foydalangan. Shu bilan birga, operatsion tizim  to‘xtab qolmasdan va qayta yuklanmasdan bir zumda standart holatdan 10 barmoqli sensorli qo‘shish rejimiga o‘tadi.

Albatta, ozroq qo‘polroq bo‘ladi, ammo  «ichi» ham anchagina kuchli  — Intel HD Graphics 505 o‘rnatilgan to‘rtyadroli Intel Pentium kerakli o‘yinlar uchun ojizlik qiladi, ammo baribir juda tez ishlaydi va ko‘p vazifalarni ishonch bilan hal eta oladi. Muhimi,  — u juda arzon noutbuk.

Prestigio Smartbook 133S — «arzon»  Rossiyadan chiqadi

Ushbu noutbuk ro‘yxatdagi eng arzoni, ehtimol,  noutbuklar bozoridagi eng arzonidir.

Nafaqat arzon: 13,3 dyuymli Full HD IPS ekrani  M.2 SSD xotirani qo‘llab quvvatlaydi, yorug‘ kunda batareyada ishlaydi va qalinligi atigi 13 mm. Demak ta’tilga chiqqaningizda u sizga ideal hamroh bo‘ladi? Albatta, “og‘ir” grafikli dasturlarni va o‘yinlarni  ko‘tara olmas, lekin  bunday vazifalarni to‘laqonli operatsion tizimdagi va narxi Xitoyning arzon smartfoni bahosida bo‘lgan noutbukdan ko‘tish ham insofdan emasda.

Qudratli, qo‘shimcha imkoniyatlari bilan

Talabni oshirib boramiz: yangi noutbuk sotib olishga qaror qildingizmi, u nafaqat utilitarli, balki bejirim, quvvati anchaga yetadigan va o‘z sohibini juda ko‘p usullarda ovuntira oladigan ham bo‘lishi lozim. Shu bilan birga, arzon bo‘lishi kerak. Shunaqasini ham topsa bo‘ladi,  faqat Windows’da ishlaydiganlari orasidan.

Bu klassik «o‘rta sinf», ammo qo‘shimcha opsiyalari bilan, masalan, ekranni 360 darajaga burish uchun  ishlatiladigan sharnir.

Qimmat bo‘lmagan buriluvchan ekran — Lenovo Yoga 530 va ASUS VivoBook Flip 14

Ekrani qayriladigan «Transformerlar» hozirda juda ommalashgan va narxi doirasida  eng keng tarqalgan. Bu yengil, ixcham va hamma tomonga qayriladigan qurilma bo‘lib, ishlash uchun qulay bo‘lgan noutbuk shaklini va o‘yin o‘ynaydigan planshet yoki  «konsolni» o‘zida jamlagan.

Televizorga pul sarflash ham shart emas, stendaplarning yangi seriyasini yoki videolarni stol ustida salat tayorlayotgan chog‘ingizda  ham bemalol ko‘rishingiz mumkin.

Sensor ekranli zamonaviy «transformerlar» o‘zingizning ijodiy “meningizni” yuzaga chiqarish uchun eng zarur vositaga aylanishi mumkin. Lenovo Yoga 530 va ASUS VivoBook Flip 14 modellarini sensorli ishga tushirish nafaqat barmoqlar orqali, balki maxsus stilus bilan ham amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu esa ularni rasm chizish va fotosurat ustida ishlash imkonini beradi.

Qolaversa, quvvati  10 soatga yetadi, bu degani kun bo‘yi rozetka qidirmay ishlashingiz mumkin.

HP Pavilion 14 — «romsizlik» modasi noutbuklarga ham yetib keldi

«Romsiz» smartfonlar bilan hozirda hech kimni hayron qoldirib bo‘lmaydi, ammo mazkur trend endi noutbuklar ham yetib keldi.  Sub’yektivlik nuqtai nazaridan qarasak, yupqa rom  ikki barobar ko‘proq foydalidir. Ushbu kichik ayyorlik tufayli katta diagonalli ekranni kichkinagina korpusga joylashtirish mumkin.

HP Pavilion 14 aynan shunday — yupqa, yengil, ixcham va chidamli. O‘ylab o‘tirmay uni sumkada yoki ryukzakda o‘zingiz bilan olib yurishingiz mumkin va uzoq vaqt ko‘tarib yurishdan ham aslo nolimaysiz.

Qolaversa, bu jajji matoh juda ko‘p ishlarni bajarishga qodir —  Bang & Olufsen’dan kuchli va yuqori sifatli stereodinamik do‘stlaringiz bilan uyda o‘tirganingizdami, tabiat qo‘ynidami davraga jon kiritadi. A’lo darajada IPS-ekran yordamida uyda yoki yo‘lda ham o‘zingizga qulay bo‘lgan kinoko‘rsatuv uyushtirishingiz mumkin. 8 avlodgacha bo‘lgan Intel Core i7 kabi kuchli protsessor  hatto Adobe Photoshop kabi og‘ir dastur ustida ishlayotganingizda ham pand bermaydi.

Acer Swift 3 — kuchli ultrabuk

Zamonaviy texnologiyalar tufayli, “kuchli” hamda “ixcham” o‘rtasidagi qurilmani tanlashingiz mumkin.

Acer Swift 3 — narx/sifat nisbati bo‘yicha zamonaviy ultrabuklarning eng zo‘rlaridan biri sanaladi. To‘rt yadroli Intel Core i5 yoki Core i7 protsessorlari hamda  NVIDIA GeForce MX150 diskretli videokartasi uni  anchayin kuchaytirgan.

Bu noutbuk  nafaqat istalgan dasturda ishlay oladi, balki unda uynash ham mumkin. To‘g‘ri, yangi  ultra-grafikli o‘yinlarni o‘ynab bo‘lmas, lekin Dota 2, CS: GO yoki hatto Fortnite  kabi mashhur onlayn-xitlarni bemalol o‘ynasa bo‘ladi.

Ammo, bunday rejimda  «to‘liq bir kun» avtonom ishlaydigan qurilmaning quvvati  bir yarim yoki ikki soatga yetadigan bo‘lib qoladi, pastprofilli ultrabuchli klaviatura esa matn bilan yaxshi ishlaydi, lekin o‘yin uchun unchalik to‘g‘ri kelmaydi, ammo nima bo‘lganda ham bu qurilma haqiqiy ma’noda yangilik bo‘ldi.

Qimmat variantlari

So‘nggi toifasi  — premium. Yupqa, chiroyli va yengil. Uni qo‘lda ushlab turish nafaqat yoqimli, balki ishlash samaradorligi ham joyida. Agar oddiyrog‘ini olib qaraydigan bo‘lsak, bu albatta  Kia Stiger. Ushbu qurilma sifati jihatidan ASUS S410 bilan bemalol tillashadi.

ASUS S410 — «arzon» biznes-klass

Yupqa rom, alyumin korpus, og‘irligi 1,3 kg. Kuchli apparat va barmoq izlari skaneri ham qurilmaning xavfsizligini oshirishga mo‘ljallangan — hammasi bor, yetarlicha bejirim ko‘rinadi, ammo hashamdor emas. Biroq unda GeForce MX150  4 GB videoxotirasi bilan anchayin ilg‘or sanalgan videokarta mavjud, bu qurilmaning ishlash samaradorligi ancha oshganligini bildiradi.

HP Spectre 13 — nufuzli «superkar»

To‘lik komlektatsiyasi:  sensorli 4K ekran,  qora-tillarang (kumish ranglisi ham bor) juda yupqa korpus ,  top protsessor, muhimi, to‘rtpalasali qirqma  Thunderbolt 3.

Bularning barchasi shuning uchun ham muhimki, interfeys orqali   GeForce GTX 1060’ga o‘xshash tashqi diskretli videokartani ham ulash mumkin. Bir juft tashqi monitor va yana qulay periferiya, qalinligi xuddi maktab daftaridek keladigan noutbuk: ishlash samaradorligi dizayn yaratish uchun ham,  3D-grafik uchun ham, jiddiy o‘yinlar o‘ynash uchun ham yetadi. Bu haqiqiy ma’noda kuchli qurilma bo‘lib, egasi unda istagan ishini qilsa bo‘ladi. Shunga qaramay, apparat bejirimligini ham saqlab qolgan.

Endi ijod qiluvchilarga kelsak,  bu borada HP Spectre 13 x360 versiyasi mavjud, ekrani qayriladi va stilusi ham bor, ammo apparatning ichi biroz kuchsizroq.

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!