«Uzbekistan Airways»: endi ro‘yxatdan onlayn tarzda o‘tishingiz mumkin!

  •   DiMaX
  •  317
  •  23.02.2021 08:58

«Uzbekistan Airways»: endi ro‘yxatdan onlayn tarzda o‘tishingiz mumkin!

2021 yil 1 martdan boshlab «Uzbekistan Airways» aksionerlik jamiyati yo‘lovchilari uchun yangi xizmat turi joriy etilmoqda. Bu xususda kompaniya o‘z rasmiy sayti orqali xabar bermoqda.

Mazkur aviakompaniyaning qatnovlariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatidan foydalanishlari mumkin.

«Ushbu xizmat aeroportdagi ro‘yxatdan o‘tish punktida navbatda turmaslikka va samolyot bortida kerakli joyni tanlash imkoniyatini beradi», deyiladi xabarda.

Endi har kim uydan chiqmasdan, vaqtini tejagan holda, aviakompaniyaning qatnovlariga ro‘yxatdan o‘tish xizmatidan foydalanishi hamda koronavirus tarqalishi sharoitida istalmagan aloqalarni kamaytirishi mumkin.

O‘QING: Bojxonachilar ikki mingta «qalbaki Apple AirPods»ni qo‘lga olib, o‘zlari sharmanda bo‘lishdi!