VIDEO: Dunyodagi eng mitti telefon mustahkamligini sinab ko‘rishdi

  •   DiMaX
  •  1415
  •  14.08.2018 16:27

VIDEO: Dunyodagi eng mitti telefon mustahkamligini sinab ko‘rishdi

Smartfonsozlik sanoati rivojlanib, tobora kuchli va hajman katta mobil qurilmalar ishlab chiqarilmoqda. Ammo Clubit New kompaniyasi jahondagi eng ixcham telefon – Zanco Tiny T1 (yoki Zanco T1) modelini yaratgan.

O‘QING: Dunyodagi eng mitti telefon taqdim etildi (+video)

Zanco T1 o‘lchamlari nihoyatda kulgili: uning bo‘yi AA formatidagi (devor soati kabilarga qo‘yiladigan) batareyadan kichkinaroq. Shunga qaramay, u to‘laqonli telefon funksiyalarini bajara oladi.

JerryRigEverything nomli mashhur YouTube-kanal muallifi, taniqli videobloger Zak Nilson shu mittigina telefonning mustahkamligini sinab, so‘ng «ichak-chavag‘ini ag‘darib» ham ko‘rdi. Mana, bu jarayonni birga kuzatamiz:

Ko‘rib turganingizdek, JerryRigEverything o‘z an’anasiga ko‘ra, qurilma ekranining shikastlarga chidamliligini tekshirdi. Zanco T1 displeyi oddiy plastik bilan qoplangan, shu bois uning yuzasini pichoq yoki boshqa metall predmet bilan tirnash mumkin. Korpusi ham tirnashlarga chidamli emasligi bu videoda yaqqol namoyon bo‘lgan.

Tirnashlardan keyin bloger Zanco T1 klaviaturasini namoyish etib, telefonda dinamik orqali so‘zlashib ko‘rsatgan. So‘nggi sinov esa olov ostidagi tekshiruv edi: zajigalka alangasi ta’sirida mitti gadjet ekrani atigi 11 soniyada erib ketdi.

Oxirida bo‘lsa Zak Nilson ushbu telefonchaning ichini ham ochib ko‘rsatdi. Unda mittigina plata va ekran, shuningdek 190 mA/soat tok sig‘imiga ega batareya mavjud.

O‘QING: EKSKLYuZIV VIDEO: texnobloger 2018 yilning eng mustahkam flagmanini sindirishga urinib ko‘rdi