Video: eng mitti smartfonning mustahkamligini ayamasdan sinab ko‘rishdi!

  •   DiMaX
  •  959
  •  23.06.2018 13:00

Video: eng mitti smartfonning mustahkamligini ayamasdan sinab ko‘rishdi!

Smartfonlar tobora katta ekranga va shunga yarasha o‘lchamli korpuslarga ega bo‘lib borayotgan bugungi kunda Unihertz startapi o‘zgacha yurish qildi. U jahondagi eng ixcham smartfon – Atom modelini yaratdi.

O‘QING: Tanishing: dunyodagi eng kichik, eng himoyalangan smartfon

Joriy yilning iyunida taqdim etilgan Unihertz Atom eng mitti bo‘lishdan tashqari, eng himoyalangan smartfon hamdir. Ishlab chiqaruvchi uni IP68 standarti bo‘yicha chang va suvdan muhofaza etilgan. Buning ustiga, korpusining rezina qo‘yilmalar bilan ta’minlanganligi bois u zarbaga ham chidamli.

Mashhur videobloger Zak Nilson esa bu «mitti botir»ning mustahkamligini maxsus sinovlar bilan tekshirib ko‘rdi. Ushbu sinov jarayoni tasvirlangan videolavhani esa YouTube’dagi o‘zining JerryRigEverything kanaliga joyladi.

Keling, Unihertz Atom tig‘ ostida o‘zini qanday tutganiga birgalikda nazar solamiz:

Ko‘rib turganingizdek, ixchamligiga qaramasdan, Unihertz Atom smartfonining ekrani Gorilla Glass himoya shishasi bilan qoplangan. Shuning sharofati bilan u Zak Nilson tekshiruvidan yaxshi o‘ta olgan. Displeyning ostidagi barmoq izi skaneri hamda orqa paneldagi asosiy kamera shishasi ham tirnashlarga bardoshli qilib ishlangan ekan.

Unihertz Atom korpusi plastik va rezina materialidan tayyorlanganligi ham uning mustahkamligini oshirgan. Ixchamligi, qalinligi va mustahkam konstruksiyasi tufayli uni bukishning ham, sindirishning ham imkoni bo‘lmagan.

O‘QING: JerryRigEverything eng mustahkam smartfonni e’lon qildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!