VIDEO: Galaxy Note 8’ning eng zo‘r funksiyalarini Samsung birma-bir ko‘rsatib berdi

  •   DiMaX
  •  1514
  •  21.09.2017 14:38

VIDEO: Galaxy Note 8’ning eng zo‘r funksiyalarini Samsung birma-bir ko‘rsatib berdi

Samsung kompaniyasi o‘zining rasmiy YouTube-kanalida bir qator videoroliklar tizmasini e’lon qildi. Ularda Galaxy Note 8 modelining eng ilg‘or jihatlari yaqqol ko‘rsatib berilgan.

Keling, shularga bittama-bitta qisqa izohlar berib, videolavhalarini ko‘rib chiqamiz.

Live Message

Samsung bu funksiyani Galaxy qurilmalari egalari o‘rtasidagi haqiqiy jonli muloqot shakli sifatida ilgari suryapti. «Jonli» xabarlar sharofati bilan muloqot ishtirokchilari real vaqt rejimida videoroliklardan GIF-animatsiyalar yasashlari va qo‘lyozma matnlarni o‘zaro almashishlari mumkin.

Live Focus

iPhone 7 Plus’dagi portret rejimiga o‘xshab ketadigan mazkur funksiya Galaxy Note 8 sohiblariga qo‘shaloq kamera tufayli taqdim etilgan. Uning yordamida boke effekti (orqa fonning xiralashtirilishi) bilan bilan ajoyib suratlar olish imkoni mavjud. Bu borada qurilma professional DSLR-kameralar bilan bemalol bellasha oladi.

S Pen

Galaxy Note turkumidagi barcha avlod qurilmalariga hamrohlik qilib kelayotgan «aqlli» S Pen perosi Note 8 bilan yanada takomillashdi, sezgirlashdi. Uning yordamida endi blokdan chiqarilmagan smartfon ekranida ham qo‘lyozma qaydlarni yozish imkoni mavjud. Yangi stilus yana shunday funksiyaga ham ega bo‘ldi: biror so‘zning ustida  S Pen uchini tutib tursangiz, aynan shu so‘zning tarjimasini chiqarib beradi.

Ko‘p vazifalilik

Galaxy Note 8 avlodida Samsung ishlab chiquvchilari to‘laqonliga juda yaqin bo‘lgan ko‘p vazifalilik rejimini joriy etishdi. Endi, App Pair funksiyasi sharofati bilan, flagman fablet egalari ikkita ilovani baravar ochib qo‘yib, ekranda birgalikda ishlatishlari mumkin.

Yorug‘lik yetarli bo‘lmagan sharoitlarda suratga olish

Yorug‘likni kuchli sezuvchi optikasi tufayli Galaxy Note 8 kamerasi hatto kam yoritilgan sharoitlarda ham ajoyib suratlar ola biladi. Buning uchun undagi ISO sozlamalarini kerakli tarzda o‘rnatish lozim. Bu – mobil fotografiya ishqibozlari uchun haqiqiy erkinlik!

Pro Mode

Galaxy Note 8 kamerasi sifatiga ko‘ra professional kameralarga yaqin turuvchi tasvirlar olishga qodir ekanini siz bilarmidingiz? Pro Mode rejimini faollashtirib, o‘zingizning fotorassomlik mahoratingizni namoyon etishingiz, hatto oshirishingiz mumkin. Suratning har bir detalini – ISO’dan tortib, zatvorning ishga tushishigacha barchasini qo‘lda sozlash imkoni mavjud.

Esingizda bo‘lsa, Janubiy Koreyalik gigant iPhone’dagi ma’lumotlar va sozlamalarni Galaxy Note 8’ga oson ko‘chirishni ham videolavha yordamida ko‘rsatib bergan edi. Xo‘sh, nima deysiz, Samsung o‘z smartfonlarining bunday afzalliklarini namoyish etish yo‘li bilan asosiy raqiblaridan foydalanuvchilarni o‘zi tomon og‘dira olarmikan?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!