Video: «Haqiqiy temir odam» ming ot kuchiga ega Daedalus Mark 1 reaktiv kostyumida uchib ko‘rsatdi

  •   DiMaX
  •  1819
  •  21.01.2019 11:03

Video: «Haqiqiy temir odam» ming ot kuchiga ega Daedalus Mark 1 reaktiv kostyumida uchib ko‘rsatdi

Gravity Industries kompaniyasi asoschisi Richard Brauning bundan ikki yil avval haqiqiy reaktiv kostyumni namoyish etgandi. U Gollivud kinolaridagi superqahramon – Temir odam libosini eslatib yuboradi.

O‘QING: Haqiqiy uchar kiyim yaratildi! (video)

«Haqiqiy temir odam» laqabini olgan Richard Brauning endi uchar libosning yakuniy versiyasini taqdim etdi. Daedalus Mark 1 deb nomlangan ushbu kostyum oltita reaktiv dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, naq mingta ot kuchiga ega. Bunday libosni kiygan odam soatiga 80 kilometrgacha tezlikda ucha oladi.

Mana, o‘zingiz buni «jonli» tomosha qilishingiz mumkin:

Gravity Industries kompaniyasi hozircha o‘z logotipi tushirilgan kiyimlarnigina sotib kelmoqda. Daedalus Mark 1 reaktiv kostyumining savdoga qachon chiqarilishi va narxi hozircha ma’lum emas.

O‘QING: «Uchar tobutlar»: AQShda beshta eng yomon jangovar samolyotlar reytingi e’lon qilindi