Video: Kompyuter grafikasi mo‘’jizasi – «Taxtlar o‘yini» ajdarlari qanday yasalgan?

  •   DiMaX
  •  2037
  •  12.03.2019 10:40

Video: Kompyuter grafikasi mo‘’jizasi – «Taxtlar o‘yini» ajdarlari qanday yasalgan?

Butun dunyoda eng sevib tomosha qilinadigan seriallardan biri «Taxtlar o‘yini» («Igri prestolov», «Game of Thrones») bo‘lsa kerak. Uning vizual effektlari va kompyuter grafikasi esa Pixomondo studiyasiga mansub.

O‘QING: 2018 yilning eng zo‘r o‘yin, ilova, kitob, film va seriallarini Google e’lon qildi

Mazkur studiya «Taxtlar o‘yini» seriali uchun ajdaholarning yaratilish jarayoni haqidagi videorolikni e’lon qildi. Unda dasturchilar afsonaviy maxluqlarning barcha 3D-modellarini – skeletidan tortib tangachalarigacha qanday tayyorlashgani aks ettirilgan.

Video bir necha qismlarga ajratilgan bo‘lib, yangi kompyuter effektlari paydo bo‘la borishi bilan ajdarlarning ham takomillashtirilib borishi unda bosqichma-bosqich ko‘rsatilgan. Pixomondo studiyasi rassomi Sven Martin so‘zlariga ko‘ra, bunday grafika ustida 30-40 kishi mehnat qilgan.

Mana, mo‘’jizalarning yaralishini birga tomosha qilamiz:

Sven Martin avvalroq bir intervyusida ta’kidlashicha, ajdarlar chindan ham «ichkaridan boshlab» ishlab chiqilgan bo‘lib, bunda qushlar va ko‘rshapalaklarning anatomiyasiga tayanilgan.

O‘QING: Video: Olimlar 300 million yillik jonivorni «tiriltirishdi»!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!