VIDEO: Suvdan himoyalanmagan OnePlus 7’ni kompaniya suv to‘la chelakka solib ko‘rsatdi!

  •   DiMaX
  •  898
  •  04.05.2019 14:41

VIDEO: Suvdan himoyalanmagan OnePlus 7’ni kompaniya suv to‘la chelakka solib ko‘rsatdi!

«Flagmanlar kushandalari»ni taqdim etuvchi xitoylik kompaniya navbatdagi – OnePlus 7 smartfonlarini taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Uning Twitter-akkauntida esa mazkur flagman ishtirokidagi videolavha e’lon qilindi.

O‘QING: DisplayMate: Nihoyat, xitoyliklar ham iPhone va Samsung Galaxy’lardek sifatli ekranga ega smartfon tayyorlashdi!

Videoda kompaniya: «Smartfonning suvdan himoyalanishi sizning pullaringiz evaziga amalga oshiriladi» deb yozgan. Shu bois OnePlus «uncha qimmat bo‘lmagan bir nima xarid qilgani» ta’kidlangan. Keyingi kadrlarda esa suv to‘la chelakka telefonni tashlab ko‘rsatishgan va bu OnePlus 7 modeli bo‘lsa kerak:

Ammo kadr ostida ushbu qurilmaning hech qanaqa darajadagi IP sertifikatiga ega emasligi yozilgan. Smartfon faqat muayyan test sharoitlaridagina suvdan qo‘rqmasligi mumkinligi va OnePlus bunga kafolat bermasligi ta’kidlangan.

Demak, OnePlus kompaniyasi IP67 yoki IP68 standartidagi himoya o‘rniga arzonroq yechim topgan. Ayrim kuzatuvchilar taxminicha, bu smartfon korpusi suv yuqtirmaydigan P2i nanoqoplamaga (Moto M hamda Redmi Y3 kabi) ega, tugmacha va tirqishlari qo‘shimcha izolyasiyalangan bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Bu smartfon ko‘l tubida 2 hafta yotganidan so‘ng ham ishlayverdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!