Vivo iQOO flagmani: Snapdragon 855, Super HDR-displey va 12 GB «operativka»!

  •   DiMaX
  •  915
  •  20.02.2019 08:25

Vivo iQOO flagmani: Snapdragon 855, Super HDR-displey va 12 GB «operativka»!

O‘tgan haftada Vivo kompaniyasi yangi – iQOO brendi ostida smartfonlar turkumini joriy etishi haqida xabar bergandi. Endi esa ularning birinchi vakili xususiyatlari haqida ayrim ma’lumotlarni oshkor etdi.

O‘QING: Mutlaqo tirqishsiz va tugmachasiz Vivo APEX 2019 smartfoni ilk «jonli» videoda!

Smartfonsoz Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasida e’lon qilgan tizerga ko‘ra, Vivo iQOO flagmani eng kuchli Android-protsessor – Qualcomm Snapdragon 855 bazasida ishlaydi. Qurilma «4D Shock» o‘yin rejimiga hamda Super HDR texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi kuchli ekranga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, Vivo iQOO akkumulyatori 4000 mA/soatlik tok sig‘imiga bo‘lib, 44 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasi bilan ta’minlangan. Smartfon korpusida USB-C porti, NFC-chip hamda oltinchi avlod ekran daktiloskopi bo‘ladi.

Garchi kutilayotgan devaysning tashqi ko‘rinishi hozircha noma’lum esa-da, 12 gigabaytlik tezkor va 256 gigabaytlik ichki xotira bilan ta’minlanishini aytishmoqda. Shuningdek, Android 9 Pie tizimli Vivo iQOO yaqin orada taqdim etilib, 740 dollar atrofida bozorga chiqishi kutilayotir.

O‘QING: Redmi Note 7 kushandasi – atigi 120 dollarlik Vivo U1 rasman namoyish qilindi