Vivo NEX kamerasining joni qattiq ekan. Balet raqqosasining sakrashini ham ko‘tardi

  •   Saroy
  •  1098
  •  30.07.2018 11:26

Vivo NEX kamerasining joni qattiq ekan. Balet raqqosasining sakrashini ham ko‘tardi

Xitoyning Vivo kompaniyasi Vivo NEX smartfonida surilib chiqadigan selfi-kameraning mustahkamligini sinab ko‘rish uchun noodatiy test o‘tkazdi.

Qachonlardir telefonining mustahkamligini isbotlash uchun  Samsung kompaniyasi prezidenti taxlama telefonni ochiq holatda yerga qo‘yib  oyog‘i bilan ustiga chiqqandi. Vivo ham shunga o‘xshash yo‘l tutdi, ammo test uchun chiroyli balerina raqqosasini tanladi.

O‘QING:Vivo’ning yana bir rekordchi – 10/512 gigabaytlik smartfoni tayyor!

Shu maqsadda kameralar surilib chiqishi uchun  sakkizta smartfon suratga olish rejimiga o‘tkazildi. Ushbu modullarga maxsus platforma o‘rnatildi, keyin esa uning ustida balerinaga raqsga tushish taklif etildi.

O‘QING:Xiaomi’ning eng romsiz smartfoni videoda: Vivo NEX innovatsiyalariga ega!

Og‘irlikning taqsimlanishi hisobga olinib,  40 kg platformadan har bir kameraga besh kg yuk to‘g‘ri keldi. Balerinaning og‘irligi 50 kg ekanligi va uning 10 sm balandlikka sakrashi hisobga olinsa, modullarga yuk og‘irligi 12,5 kg’gacha oshadi. Sakrash va harakat yukni yanada ko‘paytirib, 17,5 kg’gacha yetkazdi. Shunda ham smartfon chidadi  va o‘zining ishlash qobiliyatini saqlab qoldi.

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!