Vivo’ning yana bir rekordchi – 10/512 gigabaytlik smartfoni tayyor!

  •   DiMaX
  •  1314
  •  17.07.2018 16:02

Vivo’ning yana bir rekordchi – 10/512 gigabaytlik smartfoni tayyor!

Barmoq izi skaneri bevosita displeyning o‘ziga joylangan ilk smartfonni taqdim etgan Vivo kompaniyasi yangi texnologiyalar borasidagi izlanishlardan to‘xtagani yo‘q. Jumladan, uning NEX S modelida nafaqat barmoq izi skaneri, balki so‘zlashuv dinamigi va hatto yorug‘lik/yaqinlashuv datchiklari ham ekranning o‘ziga integratsiya qilingan!

O‘QING: EKSKLYuZIV VIDEO: eng innovatsion va rekordchi romsiz smartfonni tajribada tirnab, yondirib, bukib ko‘rishdi

Gizchina portalining xabariga ko‘ra, Vivo kompaniyasi endi navbatdagi smartfonida rekord darajadagi xotira bilan olam ahlini hayratga solmoqchi. Vivo XPlay 7 deb ataluvchi bu gadjet 10 gigabaytlik tezkor hamda 512 gigabaytgacha hajmli doimiy xotiraga ega.

Mana, quyidagi surat kompaniyaning allaqanday yopiq tadbiridan olingan:

XPlay 7 smartfonining «elektron yuragi» Snapdragon 660 bo‘lishi aytilayotir. Unda barmoq izi skaneri, so‘nggi bir nechta modellardagi kabi, displeyga integratsiya qilingan bo‘ladi. Shuningdek, Vivo bu devaysini uch modulli asosiy kamera bilan ta’minlaydi.

O‘QING: Vivo yana yetakchi smartfonsozlarni dog‘da qoldirdi!

Quyidagi suratga qaraganda, Vivo XPlay 7 smartfoni «sun’iy ong» tizimiga ham ega bo‘lishini kutish mumkin:

Yangi flagmanning rasmiy namoyishi avgust oyidayoq bo‘lib o‘tadi. Gap-so‘zlarga qaraganda, uning narxi 500 AQSh dollari atrofida. Biroq Vivo XPlay 7’ning texnik xususiyatlari haqida hozircha aniq ma’lumotlar yo‘q.

O‘QING: Vivo Xplay 7: yorqin va innovatsion devays!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!