Vivo "sharshara"li ekranga ega smartfonini ko‘rsatdi

Vivo

Internet tarmoqlarida Vivo Nex 3 smartfoni haqida ilk ma’lumotlar paydo bo‘lganidan so‘ng, kompaniya yangi modelning dizaynini ochiqlashga qaror qildi. Brendning mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha menedjeri Li Syan flagmanning dizayni aks etgan render va displey oynasi suratini e’lon qildi.

Vivo Nex 3

Suratlar aytilgan taxminlarni oqladi: Vivo Nex 3 romsiz dizaynli, tomonlari 90 gradus burchak ostida egilgan “sharshara displey”ga ega bo‘ladi. Eskizlarga ko‘ra smartfon orqa panelida chegaralari qo‘l soati siferblatini eslatuvchi aylana kamera moduli joylashadi.

Vivo Nex 3

Qurilma platformasi haqida hozircha hech narcha aytilmayapti. Ma’lumotlarga qaraganda, smartfon ekran osti selfi-kamera va 3,5 mm lik audiotiqishga ega bo‘lishi mumkin. Ammo, bu hozircha aniq emas.

O‘QING: Oppo «sharshara displey»li smartfonini e’lon qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!