WhatsApp’da xabarlarni turli formatlarda yozishni o‘rganamiz

  •   DiMaX
  •  1862
  •  16.08.2018 16:38

WhatsApp’da xabarlarni turli formatlarda yozishni o‘rganamiz

Dunyo bo‘ylab bir yarim milliarddan oshiq auditoriyaga ega bo‘lgan WhatsApp messenjeri tobora takomillashtirib borilmoqda. Jumladan, yaqinda unga audio- hamda videokonferensiya funksiyalari ham joriy etilgan.

O‘QING: WhatsApp’da guruh tarzidagi qo‘ng‘iroq va videoqo‘ng‘iroq ishga tushdi – ulardan qanday foydalanamiz?

Xo‘sh, WhatsApp’da o‘zingiz yozayotgan xabarni yoki uning ma’lum bir qismini turli (masalan, to‘qrang, kursivli va hokazo) formatlarga solishni istaysizmi? Buning yo‘li oson – o‘sha matnning boshi va oxiriga tegishlicha maxsus belgilarni qo‘ysangiz bas.

Masalan, biror matnni to‘qrang qilish uchun uning avvali va oxiriga yulduzcha (*) belgisi qo‘yiladi:

Kursivli formatga keltirish uchun esa matnni boshi va so‘ngidan pastki chiziqcha (_) bilan belgilash kerak:

Harflarning ustidan (belidan) chizilgan bo‘lib chiqishi uchun, matnning ikki tomonidan tilda (~) belgisini qo‘yasiz:

O‘QING: Diqqat: IIBB mash’um virtual o‘yindan ogohlantiradi – qurbonlar bor!

Matndagi harflarning eni bir xil kattalikda (bir xil kenglikda) bo‘lishi uchun kerakli matnning oldiga va keyniga uchtadan apostrof (`) qo‘yish zarur:

Shuningdek, formatlashning yuqorida ko‘rsatilgan turlaridan bir nechtasini birvarakayiga qo‘llasa ham bo‘ladi. Masalan, matnni to‘qrang kursivli harfda yozish uchun, uni ikki tomonidan ham yulduzcha, ham pastki chiziqcha bilan chegaralaysiz:

Ushbu usullar WhatsApp’ning barcha ilovalarida ham, WhatsApp Web interfeysida ham ishlaydi.

Darvoqe, mazkur messenjerni yuklab (yoki yangilab ) olish uchun «yashil robotchali» devayslar sohiblari mana bu, «tishlangan olma»li gadjetlar egalari esa mana bu havolalar orqali o‘tishlari mumkin.

O‘QING: Ogoh bo‘ling! WhatsApp’da yana bir xavfli zaiflik aniqlandi