WhatsApp ilk bor tugmachali telefonlar uchun taqdim etildi

  •   DiMaX
  •  658
  •  12.09.2018 10:12

WhatsApp ilk bor tugmachali telefonlar uchun taqdim etildi

Messenjerlar asosan smartfonlarda qo‘llashga mo‘ljallab chiqariladi – ularda muloqot imkoniyatlari ancha keng. Facebook kompaniyasiga qarashli WhatsApp esa birinchi marta tugmachali telefon uchun ham ishlab chiqildi.

O‘QING: WhatsApp’da xabarlarni turli formatlarda yozishni o‘rganamiz

WhatsApp rasmiy blogida yozilishicha, Hindistonda ommalashgan JioPhone telefonlari uchun mazkur messenjerning maxsus ilovasi ishlab chiqilgan. Ushbu tugmachali telefonlar KaiOS operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi.

JioPhone telefonlaridagi WhatsApp ilovasi messenjerning barcha asosiy funksiyalariga ega: muloqotlarning shifrlanishi; shaxsiy yozishmalarda yoki guruhlarda matnli xabarlar, fotosurat va videolar almashish, ovozli xabarlar yozish, jo‘natish va qabul qilish.

Keyingi paytlarda ayrim ishlab chiqaruvchilar tugmachali telefonlarni ham qaytadan ishlab chiqarishni boshlashgan. Balki, WhatsApp va boshqa messenjerlarning ularga mo‘ljallangan versiyalari ham chiqib qolar.

O‘QING: WhatsApp’dagi maxfiy funksiya orqali suhbatdoshning joylashuvini kuzatsa bo‘ladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!