WhatsApp uzoq kutilgan funksiyaga ega bo‘lyapti!

  •   DiMaX
  •  1184
  •  02.10.2019 12:02

WhatsApp uzoq kutilgan funksiyaga ega bo‘lyapti!

Butun dunyoda eng ommabop messenjer – WhatsApp bo‘lsa-da, Telegram asoschisi Pavel Durov uning xavfsizligiga ishonmaydi. Biroq dasturchilar unda maxfiylikni oshiruvchi yangi funksiyani joriy etishmoqda.

O‘QING: Ehtiyot bo‘ling: WhatsApp’da yangicha firibgarlik tarqalmoqda!

WaBetaInfo dasturchilari WhatsApp 2.19.275 beta-versiyasini «kavlashtirib» ko‘rib, unda o‘z-o‘zidan g‘oyib bo‘luvchi xabar yuborish funksiyasini topib olishdi. Uning yordamida foydalanuvchilarga 5 soniyadan yoki 1 soatdan so‘ng avtomatik tarzda yo‘qolib qoluvchi xabar jo‘natish mumkin bo‘ladi.

Aytish kerakki, xuddi shunday funksiya Facebook Messenger ilovasida anchadan beri mavjud.

WhatsApp’da mazkur imkoniyat dastlab guruhli chatlarga, keyinroq esa shaxsiy yozishmalarga ham tatbiq etiladi. Afsuski, yangi funksiya messenjerning barqaror ilovasida barcha uchun qachon taqdim qilinishi haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.

O‘QING: Markaziy Osiyo: qayerda qaysi messenjer ommalashgan?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.