WhatsApp uzoq kutilgan imkoniyatga ega bo‘lyapti!

  •   DiMaX
  •  1091
  •  13.03.2019 15:36

WhatsApp uzoq kutilgan imkoniyatga ega bo‘lyapti!

Dunyo bo‘yicha eng ommabop bo‘lgan va o‘zbekistonliklar ham ko‘p ishlatadigan WhatsApp messenjerida tez orada yangi funksiya joriy etiladi. Internetda uni aks ettiruvchi skrinshot suratlari tarqaldi.

O‘QING: WhatsApp’dagi yozishmalaringizni o‘qiy olishadi, bundan himoyalanish yo‘lini o‘rganib qo‘ying!

Ya’ni, WhatsApp orqali yozishmalarda yuborilgan yoki qabul qilingan rasm bo‘yicha endi internetda ham qidiruvni amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Ushbu funksiyani ishlatish uchun «Suratni izlash» («Poisk izobrajeniya» – «Search image») bandini tanlasangiz, WhatsApp sizga o‘sha rasmni Google qidiruvga uzatishni taklif etadi.

Messenjer aynan bir xil yoki o‘xshash suratlarni internetda qidirish uchun Google rasmiy API’sini qo‘llaydi. Suratni Google’ga yuklagach, WhatsApp qidiruv natijalarini ko‘rsatish uchun brauzerni ochadi.

Mazkur imkoniyat barcha WhatsApp foydalanuvchilariga qachon taqdim etilishi hozircha noma’lum. Lekin uning sinov jarayonlari allaqachon yakuniga yetayotgan bo‘lsa kerak.

O‘QING: WhatsApp’dan foydalaning. Telegram, Facebook Messenger va Google Allo’ga ishonch yo‘q!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!