Windows 10 Creators Update muammolarini hal etamiz

  •   DiMaX
  •  1200
  •  12.04.2017 10:57

Windows 10 Creators Update muammolarini hal etamiz

Windows 10 tizimi uchun Creators Update yangilanishini allaqachon kompyuterlarga o‘rnatish mumkin. Agar uni o‘rnatganingizdan so‘ng tizimda xatoliklar kuzatilayotgan bo‘lsa, ularni tuzatishning uchta yo‘lini tavsiya etamiz.

1-usul: o‘zi yordam beradi

Qarashingiz kerak bo‘lgan birinchi joy – tizim sozlamalaridagi «Nuqsonlarni bartaraf etish» deb nomlangan yangi bo‘limdir. Unga quyidagi yo‘ldan kiriladi: «Parametri» → «Obnovleniye i bezopasnost» → «Ustraneniye nepoladok».

Bu yerda operatsion tizim faoliyatidagi barcha asosiy kamchiliklar sanab o‘tilgan va ularni bartaraf etish uchun kerakli jihozlar taqdim etilgan. Bu odatda, bir nechta qadamdan iborat harakatlarni o‘rgatib turuvchi «elektron usta»lar bo‘ladi. Ko‘pincha xatoliklarni to‘g‘rilash uchun shu usulning o‘zi yetarli bo‘ladi.

2-usul: tezkor yangilash

Ikkinchisi – nisbatan «qattiqroq» usul. Windows 10 Creators Update’da «Boshqatdan boshlash» («Nachat zanovo») nomli yangi funksiya paydo bo‘lgan. Uni «Windows himoyachisining xavfsizlik markazi» – «Sentr bezopasnosti zaщitnika Windows» dasturidan topasiz.

Mohiyatiga ko‘ra, bu – sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni hamda sukut bo‘yicha o‘rnatilgan dasturlarni saqlagan holda operatsion tizimni tezkorlik bilan qayta o‘rnatishdir.

Bunda Windows’ni qayta o‘rnatish jarayoni avtomatik rejimda kechadi. Natijada esa siz mutlaqo top-toza, faollashtirilgan, butkul yangilangan operatsion tizimga ega bo‘lasiz; unda barcha kerakli fayllaringiz o‘z joyida saqlanib turgan bo‘ladi. Mazkur jarayon kamida 20 daqiqa davom etadi, qanchalik uzoq cho‘zilishi esa kompyuteringizning quvvatiga bog‘liq.

3-usul: orqaga qaytaramiz

Oxirgi usul – baribir tizimdagi xatoliklardan xalos bo‘la olmagan va oldingi Windows versiyasiga qaytishga qaror qilgan foydalanuvchilar uchun. Bu funksiya sizga avvalgi versiyalar orqali yaxshi tanish bo‘lib, Windows 10 Creators Update’da ham unga biror o‘zgarish kiritilmagan.

Xullasi kalom, Windows 10 Creators Update’ni o‘chirib tashlamoqchi bo‘lsangiz, u holda tizimni «Qayta tiklash» bo‘limiga borasiz, u quyidagi manzilda joylashgan: «Parametri» → «Obnovleniye i bezopasnost» → «Vosstanovleniye». Bu yerda tizimni ortga – avvalgi holatiga qaytarish funksiyasi joylashgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!