Windows 10 kompyuterdan SMS yuborishni o‘rgandi

  •   DiMaX
  •  1111
  •  08.09.2018 10:06

Windows 10 kompyuterdan SMS yuborishni o‘rgandi

Microsoft kompaniyasi Windows 10 operatsion tizimi uchun ishlangan Your Phone ilovasini yangiladi. Unga SMS-xabarlarni qabul qilish va jo‘natish imkoniyati ham qo‘shilgan.

O‘QING: Share Files – o‘zaro fayl almashishning eng qulay va tezkor yo‘li

Your Phone ilovasi ilgari faqat smartfonda olingan fotosuratlarni kompyuterdagisi bilan sinxronlashtirar, shuningdek mobil qurilma xotirasidagi rasmlarni kompyuterdagi dasturga tezkorlik bilan import qilar edi.

Endi esa bu dasturga SMS-xabarlarni ham sinxronlashtirish funksiyasi tatbiq etildi. Smartfonni blokdan chiqarmay turib, undagi xabarlarni Your Phone orqali kompyuterda ochib o‘qish va kompyuterning o‘zidanoq javob yozib jo‘natish mumkin. Tabiiyki, bunda SMS xizmatlari smartfondagi SIM-kartada o‘rnatilgan tarif rejasiga muvofiq narxlanadi.

Ta’kidlash kerakki, mazkur yangi funksiya hozircha Skip Ahead yangilanishlar tizimi doirasida yo‘lga qo‘yilgan Windows 10 sinov jamlanmasi foydalanuvchilari uchungina taqdim etilgan. Uning barcha foydalanuvchilar uchun qachon yo‘lga qo‘yilishi noma’lum. Shuningdek, Your Phone ilovasi faqatgina Android tizimli mobil qurilmalar bilan sinxronlashtira oladi.

O‘QING: Android’da SMS o‘chib ketsa uni qanday tiklaymiz?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.