Windows o‘rniga Lite OS – shu bahordayoq Microsoft yangi operatsion tizimni namoyish etadi!

  •   DiMaX
  •  1026
  •  27.02.2019 13:46

Windows o‘rniga Lite OS – shu bahordayoq Microsoft yangi operatsion tizimni namoyish etadi!

Microsoft kompaniyasi hozirda kompyuter va noutbuklar uchun yangi operatsion tizim tayyorlamoqda. Lite OS deb atalayotgan ushbu dasturiy ta’minot ustidagi ishlar jadallashtirilib, uni shu bahordayoq ko‘rsatishmoqchi.

O‘QING: Chordoqda 30 yil chang bosib yotgan Apple kompyuteri topildi. Uni yoqib ko‘rishsa...

Ammo foydalanuvchilarga u Lite OS emas, balki boshqa nom bilan ham taqdim etilishi mumkin. Microsoft ushbu mahsuloti haqida shu yil may oyiga belgilangan Build konferensiyasida rasman ma’lumot berishi kutilmoqda. Yozda esa uni keng ko‘lamda sinovdan o‘tkazishadi, ammo oddiy foydalanuvchilar unda qatnasha oladimi-yo‘qmi – bunisi hozircha noma’lum.

Quyidagi suratda Lite OS interfeysini ko‘rish mumkin, lekin u skrinshot emas, balki insayderning o‘zi tayyorlagan rasmdir:

Manbaning ta’kidlashicha, ushbu surat yangi operatsion tizim interfeysining hozirgi holatini aynan aks ettiradi, ammo yakuniy dizayngacha bundan o‘zgarishi mumkin.

Shuningdek, Lite OS tizimi hozircha faqat PWA va UWP turidagi dasturlar bilan ishlay oladi. Lekin keyinchalik Microsoft unga Win32 turidagi dasturlar qo‘llab-quvvatlovini ham joriy etadi.

O‘QING: Windows’ning ko‘pchilik bilmaydigan uchta qulay funksiyasi