Xellouin arafasida Sony «dahshatli» PlayStation o‘yinlariga ulkan chegirma e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  708
  •  19.10.2018 16:23

Xellouin arafasida Sony «dahshatli» PlayStation o‘yinlariga ulkan chegirma e’lon qildi

Sony kompaniyasi Xellouinga bag‘ishlab PlayStation Store do‘konida katta arzonlashuv e’lon qildi. Shu munosabat bilan Sony PlayStation 4 konsoli uchun yuzdan oshiq o‘yinlarni 2 noyabrga qadar chegirmali narxlarda olish mumkin.

O‘QING: Sony PlayStation 4 qachon o‘yindan chiqadi?

Aytish kerakki, asosan «xellouincha» mavzudagi, ya’ni qo‘rquv aralashgan o‘yinlar arzon narxlarda taqdim etilmoqda. Garchi reklama posterida 60 foiz ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, aslida «dahshatli» o‘yinlar uchun naq 77 foizgacha boruvchi chegirmalar belgilangan.

Masalan, «Alien: Isolation» hamda «Alien: Isolation – Kolleksiya» o‘yinlari uchun tegishlicha 75 va 77 foiz chegirma bilan taklif etilayotir. Shuningdek, «Prey» o‘yini 70%, «The Evil Within 2» – 62%, «XCOM 2 Collection» – 50%, «DOOM» – 64%, «Dark Souls III» – 60% va «Fallout 4» o‘yini – 60% chegirma bilan sotilmoqda.

O‘QING: Red Dead Redemption 2 o‘yinining taqdimotini kutmasdan, uni yuklab olish mumkin!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!