Xellouin arafasida yana ikkita o‘yinni teppa-tekinga tarqatishyapti!

  •   DiMaX
  •  709
  •  30.10.2020 15:08

Xellouin arafasida yana ikkita o‘yinni teppa-tekinga tarqatishyapti!

 Epic Games kompaniyasi o‘tgan hafta yakunida Layers of Fear 2 hamda Costume Quest 2 nomli o‘yinlarni bepul ulashgan edi. G‘arbda ommalashgan Xellouin yaqinlashayotgani munosabati bilan, bu ikkala o‘yin ham xorror janriga mansub.

O‘QING: 1 noyabrgacha Xiaomi, Redmi hamda Poco smartfonlarini arzonroq va sovg‘asi bilan olish mumkin!

Bu gal ham Epic Games aksiyasi Xellouinga bag‘ishlangan – kompaniya yana ikkita qo‘rqinchli o‘yinin tekinga taqdim etmoqda. Ulardan biri arvohlar ovchilari haqidagi mashhur Ghostbusters bo‘ladi. Geymerlar unda butun Nyu-York bo‘ylab arvohlarni izlashlari va ularga qarshi kurashishlari lozim.

Ghostbusters o‘yinini bepul olib qo‘yish uchun ushbu havola orqali o‘yin do‘koniga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Eng zo‘r o‘yinlarning o‘nta reytingi: bunga qo‘shilmaslik qiyin!

Bu gal Epic Games saxovati doirasiga kirgan ikkinchi o‘yin esa Blair Witch deb nomlangan. Uning voqealari Byorkitsvil shahridagi Blek-Xillz o‘rmonida yo‘qolib qolgan bolakayni qidirishga bag‘ishlanadi. O‘yinchilar ushbu o‘yinda sobiq politsiyachi Ellis rolida o‘ynab, jinoyat ishini ochishlariga to‘g‘ri keladi.

 

18 yoshdan oshganlarga mo‘ljallangan Blair Witch o‘yinini mana bu havola orqali ko‘chirib olsangiz bo‘ladi. Har ikkala o‘yinning bepul tarqatilish vaqti 5 noyabr, Toshkent vaqti bilan soat 23:00 gacha davom etadi.

O‘QING: Ekspertlar: «Ushbu 21 ta ommabop o‘yinni smartfondan tezda o‘chirib qutuling!»

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!