Xiaomi 12 Lite taqdim etildi

Xiaomi 12 Lite taqdim etildi

Avvalroq bir necha tizerlari e’lon qilingan Xiaomi 12 Lite endi rasman taqdim etildi. Yangi model 120 gertsli AMOLED displey va 108MP asosiy kameraga ega. 

Xiaomi 12 Lite o‘tgan yilgi Xiaomi 11 Lite 5G NE modelining yangi avlodi hisoblanib, unda Dolby Vision va HDR10+ imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlovchi 6.55 dyuymli AMOLED displeyi saqlanib qolingan. Displey 120 gerts ekran yangilanish chastotasi hamda 240 gerts sensorli namuna olish chastotasida ishlaydi. 

Qurilma 6/8GB tezkor va 128/256GB doimiy xotiraga ega bo‘lgan 6 nanometrli Snapdragon 778G chipi bilan jihozlangan. 

Orqa tomonda Samsung HM2 sensoriga ega bo‘lgan f/1.9 diafragmadagi 108MP asosiy kamera, f/2.4 diafragmadagi 8MP ultrakeng kamera hamda 2MP makro kamera joylashgan. 

Selfi kamera rezolyutsiyasi 32MP bo‘lib, u Samsung GD2 sensoriga ega. Kamera avtofokus, portret va Xiaomi Selfie Glow kabi bir qancha qiziqarli funksiyalarga ega. 

Smartfon 67 vattda quvvat oluvchi 4,300 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Quvvlash adapteri smartfon qutisida bo‘ladi. Gadjetga ikkita SIM-karta qo‘yish mumkin. Qurilma Android 12 operatsion tizimiga asoslangan MIUI 13 grafik qobig‘ida ishlaydi. 

Xiaomi 12 Lite qora, pushti va yashil ranglarda taqdim etildi. Uning narxi quyidagicha:

6/128GB - 400 dollar

8/128GB - 450 dollar

8/256GB - 500 dollar 

O‘QING: LPDDR5X tezkor xotiraga ega bo‘lgan birinchi smartfon taqdim etiladi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!