Xiaomi 2 noyabrda nima bilan hayratlantirmoqchi?

Xiaomi 2 noyabrda nima bilan hayratlantirmoqchi?

Xiaomi kompaniyasi shu kunlarda yangi smartfon turkumini taqdim qilishni rejalashtirgan. Bu smartfonlar turkumi vakillari selfi suratlar tushirishga mo‘ljallangan. Bu to‘g‘rida kompaniya o‘zining Twitter tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilgan suratda ishora qilinmoqda.

Taqdimot 2 noyabrda Hinbistonning Nyu-Deli shahrida bo‘lib o‘tadi. Xiaomi so‘nggi yillarda bu bozorda faol va yaqindagina to‘liq Android tizimida ishlaydigan Mi A1'ni taqdim qildi. Shuningdek Hindistonda Redmi Note 4, Redmi 4 smartfonlari va Mi Max fabletining ikkinchi avlodi juda tez sur’atlarda sotilmoqda.

Hozircha yangi smartfon turkumi haqidagi ma’lumotlar sir saqlanmoqda. Biroq, ishora-suratida aks etgan chaqmoqqa ko‘ra, smartfon old panelda ham fotochaqnoqqa ega bo‘ladi. "Selfikash" smartfonning "Redmi Note 5" nomi bilan taqdim qilinishi kutilmoqda. Smartfon reklamasida ham #YourBestSelfie (sizning eng yaxshi selfi suratingiz) heshtegi tushirilgan.

Xiaomi Redmi Note 5 to‘liq metall korpusli bo‘lib, orqa panelda barmoq izi skaneriga ega bo‘ladi. Shuningdek, bu smartfon 4000 mA soat sig‘imli hamda Quick Charge 3.0 yoki 4.0 tezkor quvvat olish texnologiyasiga ega akkumulyator bilan ta’minlanadi.

Xiaomi Redmi Note 5 smartfoni 5,5 dyuymli, Full HD (1920 x 1080 pikselli) sig‘imli displey, orqada 16 va 5 Mp qo‘sh, old panelda 16 Mp sig‘imli sensorlarga ega bo‘ladi.

Yoki yangi smartfon mana bunday ko‘rinishda bo‘lishi ham mumkin.

Apparat ta’minoti uchun Qualcomm Snapdragon 660 yoki MediaTek Helio P25, 3 yoki 4 GB tezkor va 32 yoki 64 GB doimiy xotira tanlanadi.

Narx-navo
Romdan xoli ekranli bo‘lishi kutilayotgan Xiaomi Redmi Note 5 bozorga $150 (3/16 GB), $195 (3/32 GB) va $256 (4/64 GB) dollardan chiqariladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!