Xiaomi 2019 yilda AQSh bozorini zabt etmoqchi, ruxsat berilsa, albatta

  •   Saroy
  •  677
  •  04.07.2018 14:51

Xiaomi 2019 yilda AQSh bozorini zabt etmoqchi, ruxsat berilsa, albatta

Huawei‘ ning AQSh bozorida mustahkam o‘rnashib olishga  bo‘lgan urinishlari hozircha kutilgan natijani bermadi.   ZTE esa AQSh sanksiyasi tufayli xonavayron bo‘lay deb turibdi. Ammo  Xiaomi  o‘zining xitoylik hamkasblariga o‘xshamoqchi emas va istiqbolli rejalarni tuzmoqda.

Xiaomi vitse-prezidenti Van Syan’ning  ma’lum qilishicha,  kompaniyaning AQSh bozoriga  qiziqishi katta. Shu bois Xiaomi vakillari amerikalik operatorlar bilan muzokaralarni allaqachon boshlab yuborgan,  muhandislari esa qurilmalarini mahalliy mobil tarmoqlari standartlariga  moslashtirish ustida ish olib borishmoqda. Ushbu brend ostidagi smartfonlar iPhone vatanida kelasi yildan boshidan  rasman  paydo bo‘lishi mumkin.

Xiaomi rahbariyatining fikricha,  AQSh va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi kompaniyaning ekspansiyasiga halaqit bermasligi kerak, chunki ular asosiy e’tiborni asosan iste’mol segmentiga yo‘naltiradi (Huawei va ZTE esa telekommunikatsiya jihozlarini ishlab chiqarardi). Kompaniya shuningdek,  Qualcomm va Google bilan yaqin hamkorlik qilayotganini eslatib o‘tgan, biroq ular Xiaomi’ga qandaydir yordam ko‘rsatishiga ishonish qiyin. Qo‘shma Shtatlar  hukumati  shundog‘am Huawei bilan hamkorlik qilgani uchun Google kompaniyasiga da’vo bildirgandi

O‘QING:Xiaomi Mi A1: Android 8.1’gacha yangilanish nega to‘xtatildi?

Ikki mamlakatning qarama-qarshiligi allaqachon  Xiaomi kapitaliga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, Gankong birjasidagi  IPO  natijalarining pastligiga ham ushbu qarama-qarshiliklar sabab bo‘lmoqda. Xitoy kompaniyasi IPO  orqali  6,1 milliard dollarlik kapital  jalb qilmoqchi edi, biroq bu ko‘rsatkich atigi 4,7 milliard dollar bilan cheklandi, xalos.

Umuman olganda, hozirda  ham Xiaomi Amerika bozorida o‘z mahsulotlarini sotib keladi, lekin bu mahsulotlar asosan  aksessuarlar va “aqlli” uylar uchun qurilmalardan iborat.

O‘QING:Huawei bu yil Kirin chipi va GPU Turbo bilan ta’minlangan smartfon chiqaradi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!