Xiaomi 65 dyuymli romsiz televizorni sotuvga chiqaradi

Xiaomi 65 dyuymli romsiz televizorni sotuvga chiqaradi

21 mart kuni, Xiaomi romsiz dizaynga ega yangi turkumdagi televizor modellarini namoyish qiladi. Ulardagi ramkasiz dizayn tele-mahsulotning bosh yangiligi bo‘lib, tasvir televizor ekrani bo‘ylab to‘liq gavdalanadi. Bu dizayn displeylarning tashqi qiyofasiga yanada jozibadorlik bag‘ishlagan.

Ekran diagonali 65 dyuymli modellarning piksellar sig‘imi “4K” bo‘lishi kutilmoqda. Televizor korpusi qalinligi bor-yo‘g‘i 4,5 mm. Televizorning apparat ta’minoti va ovozli tizimi alohida blokda joylashtirilgan.

Yangi televizorlarni iOS hamda Android operatsion tizimidagi smartfon, planshetlar bilan boshqarish mumkinligi gadjet foydalanuvchilari uchun kutilmagan xushxabar bo‘ldi. Kompaniya 65 dyuymli bu televizorlarning eng qimmatini 2900 AQSh dollaridan sotuvga chiqaradi. Bu Xitoy televizor ishlab chiqaruvchilarining shu turdagi mahsulotlari orasida “eng arzoni” degani.

Hozircha televizorlarning texnik jihatlariga oid boshqa ma’lumotlar oshkor qilinmagan. Barchasiga televizorlar Xitoyda sotuvga chiqariladigan 31 mart kuni oydinlik kiritiladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 mart kuni Sony 65 dyuymli 4K HDR innovatsion televizorlarini 5 ming AQSh dollaridan sotuvga chiqargan edi.

Batafsil o‘qing: 

Sony 4K HDR innovatsion televizorlarini sotuvga chiqardi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!