Xiaomi Apple Watch’dan besh karra arzon, bitta quvvat bilan 20 kun ishlovchi smart-soatini taqdim etdi!

Xiaomi Apple Watch’dan besh karra arzon, bitta quvvat bilan 20 kun ishlovchi smart-soatini taqdim etdi!

Xiaomi kompaniyasi Xitoyda Amazfit Youth Edition aqlli soatini taqdim qildi. Tashqi aksessuar tashqi ko‘rinishidan nisbatan qimmatroq bo‘lgan Amazfit Verge modelini eslatib yuboradi. Qizig‘i shundaki, qurilmalarning hatto imkoniyatlari ham o‘xshash bo‘lsa-da, “yoshlarbop talqindagisida avtonomlik biroz yaxshiroq.

Amazfit Youth Edition 46 grammlik yetarli darajada kattalikdagi korpusdan tashkil topgan. Aniqligi 360x360 pikselli, Gorilla Glass 3 bilan qoplangan 1,3 dyumlik AMOLED-ekranga ega bo‘lgan. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, displey barmoq izlari qolishini oldini oluvchi maxsus qoplamaga ega. Silikon bog‘lagichni boshqa istalgan turdagi va o‘lchamdagisiga almashtirish imkoniyati mavjud.

Soat real holatdagi jismoniy faollikni va uyquning chuqurligini, shuningdek, yurak urish chastotasini o‘lchay oladi. Yurak urishi me’yordan oshib ketsa, foydalanuvchini dam olishi kerakligini anglatgan holda maxsus vibratsiya bilan ogohlantiradi. Shuningdek, qurilma bir joyda uzoq o‘tirganingizdan so‘ng mashq qilishingiz kerakligini eslatadi. Aytilishicha, soat 11 ta sport turini qo‘llab-quvvatlaydi: Golf, yugurish, velosipedda uchish, futbol va boshqalar.

Qo‘shimcha imkoniyatlardan biri kontaktsiz haridlarni amalgan oshirish aytib o‘tilgan. Ushbu funksiya Xitoydan tashqarida ishlay olishi hali noma’lum. Shuningdek, egasining xarakat yo‘nalishini aniqlash uchun GPS va GLONASS bilan jihozlangan. Ishlab chiqaruvchining aytishiga qaraganda, Amazfit Youth Edition bir martalik to‘liq quvvat bilan 20 kungacha, ammo GPS doimiy yoniq holatda 40 soatgacha ishlay olishi mumkin.

Xitoyda Amazfit Youth Edition smart-soatini 72 dollar narxda sotib olish mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Nubia Alpha taqdim etildi – bilakka taqiluvchi soat-smartfon (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!