Xiaomi arzon narxli simsiz dazmol namoyish etdi

  •   DiMaX
  •  1130
  •  22.04.2019 11:40

Xiaomi arzon narxli simsiz dazmol namoyish etdi

«Xitoycha Apple» o‘zining navbatdagi maishiy texnika mahsuloti – Mi Cordless Steam Iron dazmolini namoyish etdi. Uning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri – narxidir, zero, sifatli dazmol uchun ishlab chiqaruvchi atigi 30 dollar so‘ramoqda.

O‘QING: Dazmol tanlashni bilasizmi?

Dazmol simsiz ishlaydi va maxsus stansiya orqali kuvvat oladi. Stansiyadan chiqarib olinganidan keyin qizib olishi uchun 2 daqiqa kifoya qiladi. Talab qilinadigan quvvat – 2 kVt. Maksimal qizish harorati esa 200 darajani tashkil etadi.

Boshqa dazmollarga o‘xshab, Xiaomi’ning ushbu mahsuloti ham bir nechta ishlash rejimiga va 280 millilitr hajmida suv uchun rezervuarga ega.

Mi Cordless Steam Iron dazmolining sotuvga chiqish sanasi hozircha noma’lum.

O‘QING: Maishiy texnika uzoq vaqt xizmat qilsin desangiz…

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!