Xiaomi basketbolchilar uchun ajoyib krossovka yaratdi, narxi 45 dollar

  •   Saroy
  •  1241
  •  09.07.2018 17:18

Xiaomi basketbolchilar uchun ajoyib krossovka yaratdi, narxi 45 dollar

Xitoyning  kommunikatsiya qurilmalari ishlab chiqaruvchi giganti Xiaomi hamda  Chengdu Yibu Technology Co., Ltd. kompaniyasi hamkorlikda basketbolchilar uchun o‘ziga xos bo‘lgan krossovka yaratishdi. U Easy Step Classic Basketball Shoes, deb ataladi.

O‘QING:Xitoyliklarning navbatdagi ixtirosi: lazerli «Kalashnikov avtomati»

Krossovkaning o‘ziga xosligi shundaki, poyafzalning ustki qismi mustahkam super-fibrdan qilingan. Bu material juda xushbichim ko‘rinadi, shamollatish tizimiga ham ega va uzoq vaqt mobaynida ado bo‘lmaydi. Easy Step Classic Basketball Shoes’ning tagligi CARJ-FOX  materialidan qilingan. U yeyilib ketmaydigan material qo‘shilib yasalgan yuqori elastikli rezinadan tayyorlandi.  Taglikka ishlatilgan tarkib zarba kuchini pasaytiradi va yerdan yaxshi sakraydi. Basketbol krossovkaning ichida sirpanmaydigan va bakteriyaga qarshi to‘shama bor. U poliuretandan  qilingan bo‘lib, oyoqning poyafzal ichiga yaxshi joylashib olishini ta’minlaydi.

O‘QING:Huawei bu yil Kirin chipi va GPU Turbo bilan ta’minlangan smartfon chiqaradi

Easy Step Classic Basketball Shoes basketbol krossovkalari Xiaomi’ning kraudfandingida sotilmoqda. Krossovkalar qora-qizil, qora-oq va  to‘q-sariq rangida chiqarilmoqda. Narxi — 45 AQSh dollari turadi. Hozircha yangi sport poyafzali Xitoy bozorida sotilmoqda, xalqaro bozorga qachon chiqarilishi haqida ma’lum qilinmagan.

O‘QING:Xiaomi Mi Band 2: 25 dollar sog‘ligingizdan o‘rgilsin!