Xiaomi Berlin – yangi hamyonbop smartfon!

  •   DiMaX
  •  2460
  •  09.03.2018 16:01

Xiaomi Berlin – yangi hamyonbop smartfon!

Bugun – 2018 yilning 9 mart sanasida Geekbench benchmark servisida Xiaomi kompaniyasining shu paytgacha noma’lum bo‘lgan yana bir smartfoni sinovdan o‘tkazib ko‘rishgani aniqlandi. Kodli nomi «Berlin» bo‘lgan ushbu qurilma Qualcomm’ning hali rasman taqdim etilmagan Snapdragon 632 protsessori bazasida ishlar ekan.

O‘QING: Xiaomi: «sun’iy ong»li Mi MIX 2S kamerasining modullari bir-biridan mustaqil ishlaydi!

Ma’lum bo‘lishicha Xiaomi Berlin ushbu benchmarkdagi yakka yadroli sinovda 1155 ball, ko‘p yadroli testda esa 2738 ochko to‘plagan. Geekbench sayti ma’lumotlar bazasida saqlanib qolgan ko‘rsatkichlarga qaraganda, bu smartfon 3 gigabaytlik tezkor xotiraga ega. U Android operatsion tizimining 7.1.2 – Nougat talqini boshqaruvi ostida ishlaydi.

Gadjetning boshqa xususiyatlari haqida hozircha ma’lumot yo‘q, ammo shularning o‘ziyoq uning hamyonbop bo‘lishiga ishora qilmoqda.

Shuningdek, undagi yangi – Qualcomm Snapdragon 632 protsessorining jihatlari ham ma’lum emas, chunki shu paytgacha amerikalik chipsozning bu mahsuloti biror qurilmaga qo‘yilmagan va rasman namoyish etilmagan ham. Manbalarning yozishicha, u Geekbench’da ko‘rsatilganidek 1,02 GGs takt chastotasida ishlovchi oltita emas, balki sakkizta yadroni o‘z ichiga oladi.

Bu boradagi yangiliklardan birinchilar qatorida xabardor bo‘lib borish uchun bizdan uzoqlashmang.

O‘QING: Top-7: yurtimizda eng xaridorgir Xiaomi smartfonlari va narxlari (4 Mart)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!