Xiaomi besh daqiqada 350 mingta Mi 11 sotdi

Xiaomi besh daqiqada 350 mingta Mi 11 sotdi

O‘tgan oy oxirida Xiaomi kompaniyasi Qualcomm Snapdragon 888 chipida ishlovchi dunyodagi ilk smartfon — Mi 11'ni taqdim etgandi.

O‘QING: Ushbu 22 xil Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga MIUI 12.5 proshivkasini hoziroq o‘rnatishingiz mumkin!

Oradan bir necha kun o‘tib esa, kompaniya Xitoyda smartfonlarni sota boshladi. Aftidan, yangi smartfonlarni ko‘pchilik intiqib kutgan ekan.

Xiaomi atigi besh daqiqa ichida Mi 11 smartfonidan 350,000 dona sotishga erishgan. Buncha smartfonning umumiy qiymati 1.5 milliard yuan (229 mln 604 ming dollar) dan ortiq bo‘lgan. Umid qilib qolamizki, Xiaomi tez orada bu modelni boshqa bozorlarga ham chiqaradi.

Mi 11 smartfoni 6,81 dyuym 1440p 120Hz AMOLED ekraniga ega bo‘lib, DisplayMate sinovidan A+ ball olgan. Qurilmaning orqa panelida uchta kamera bo‘lib, ularning asosiysi 108MP, ultrakengi 13MP, makro kamera esa 5MP o‘lchamga ega. Old kamera rezolyutsiyasi esa 20MP. Smartfon 8/12GB tezkor, 128/256GB doimiy xotiraga ega. 4,600 mAs sig‘imli akkumulyator sim bilan 55 Vt da, simsiz 50 Vt da tezkor quvvatlanadi. Dasturiy ta’minot borasida esa, Mi 11 Android 11 asosidagi MIUI 12.5 qobiq dasturida ishlaydi.

O‘QING: «Taxtni bo‘shat, Xiaomi Mi 11» – AnTuTu rekordchisi yanvarda chiqyapti

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.