Xiaomi CC9: yangi suratlar va kameraning «tungi rejim»i aks etgan video!

  •   DiMaX
  •  1304
  •  27.06.2019 10:31

Xiaomi CC9: yangi suratlar va kameraning «tungi rejim»i aks etgan video!

Yoshlarbop CC brendiga mansub ilk ikkita smartfonni tayyorlayotgan Xiaomi rahbari CC9 modelining rasmlarini oshkor etdi. Shuningdek, insayderlar ushbu modelning reklama roligini ham tarqatishdi.

O‘QING: Xiaomi CC9 hamda CC9e smartfonlarining taqdimot kuni, narxi, jihatlari va suratlari!

Kompaniya bosh direktori Ley Szun (Lei Jun) bugun ertalab Xiaomi CC9 smartfonining yangi – moviy tusli korpusga ega varianti rasmlarini e’lon qildi. Bunday rangdagi smartfon hali dunyo yuzini ko‘rmagan: korpus shunchaki moviy emas, balki unda DNK tolalarini eslatuvchi bir juft qiyshiq chiziq ham o‘tgan.

Ko‘k rangdan tashqari, Xiaomi CC9 yana qora va oq korpuslarda ham taqdim etiladi. Oq tusdagisiyam shunchaki oq emas, balki gradiyent tusli: turli burchaklar ostida qaraganda u turfa ranglar jilosini beradi. 

O‘QING: Xiaomi smartfonlarini yanada yaxshilovchi ideal launcher aniqlandi

Shuningdek, mashhur insayder Mukul Sharma (Mukul Sharma) ushbu modelga bag‘ishlab ishlangan rasmiy reklama videosini o‘zining Twitter-sahifasi orqali e’lon qildi. Unda Xiaomi CC9 kamerasiga joriy etilgan tungi rejimga ishora qilinadi:

Bu yerdagi «capability» so‘zi Xiaomi CC9 modelining tungi suratga olish rejimida o‘zini yaxshi namoyon etishiga ishora qilayotir.

Eslatib o‘tamiz, Xiaomi CC9 va Xiaomi CC9e smartfonlarining namoyishi keyingi haftada – 2 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Kompaniyaning turli rusumlardagi telefonlarini Terashop.uz internet-do‘konimizda atigi 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish imkoni bor. Ulardan aksariyatining narxlari ancha pasaytirilgan, shuningdek, ayrimlarini endi pul o‘tkazish (perechisleniye) yo‘li bilan ham olishingiz mumkin!

O‘QING: Xiaomi smartfonlarini MIUI 10.3.1.0 proshivkasi «g‘ishtga aylantiryapti»

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.