Xiaomi Cereus – hali taqdim etilmagan protsessorli smartfon benchmarkda «qo‘lga tushdi»

  •   DiMaX
  •  818
  •  16.04.2018 11:41

Xiaomi Cereus – hali taqdim etilmagan protsessorli smartfon benchmarkda «qo‘lga tushdi»

«Xitoycha Apple» deb yuritiluvchi Xiaomi kompaniyasi o‘zining aksariyat smartfonlarida Qualcomm protsessorlarini qo‘llaydi. Shuningdek, o‘tgan yili uning o‘zi ham mobil protsessor ishlab chiqargan va uni ayrim modellariga o‘rnatgan.

O‘QING: Xiaomi’ning o‘z protsessoridagi ilk smartfoni – Mi5C tavsifi

Geekbench ma’lumotlar bazasida kuni kecha aniqlangan, hali rasman namoyish etilmagan Xiaomi smartfoni esa MediaTek MT6765 nomli chip bazasida ishlashi ma’lum qilingan. Qizig‘i – hali bunday protsessorning o‘zi ham taqdim qilinmagan. Kuzatuvchilar uning Helio P40 rusumli chip bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda.

Mana, kodli nomi Xiaomi Cereus bo‘lgan ushbu qurilmaning benchmarkdagi ko‘rsatkichlari quyidagicha:

Texnik xususiyatlariga qaraganda, xitoylik korporatsiyaning yangi gadjeti o‘rta narx toifasidagi smartfon bo‘ladi. Biroq unga Android operatsion tizimining eng ilg‘or – 8.1 Oreo talqini hamda eng yangi protsessor o‘rnatilayotganligi ahamiyatli.

Geekbench ma’lumotlariga ko‘ra, Xiaomi Cereus modelidagi MediaTek MT6765 chipi eng yuqori takt chastotasi 2,0 gigagersni tashkil etuvchi sakkizta yadroni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, smartfon 3 gigabaytlik tezkor xotiraga ega.

Hozirgacha ushbu devays haqida boshqa biror ma’lumot yo‘q. Lekin Xiaomi’ning bozorga taqdim etilgan ko‘plab smartfonlarini O‘zbekistonda ham xarid qilish imkoniyatlari ko‘p.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari va boshqa gadjetlarining narxlari (2018 yil 12 aprel)