Xiaomi`dan arzon va kuchli planshet

Xiaomi`dan arzon va kuchli planshet

Saytimizda avvalroq Xiaomi Mi Pad 2 plansheti haqida ma’lum qilgandik. Yaqinda esa mazkur qurilma va uning tavsifi to‘g‘risida internet sahifalarida yangi xabarlar paydo bo‘ldi.

Jumladan, Xiaomi kompaniyasining yangi planshetining test natijalari AnTuTu benchmarkida e’lon qilindi, deb xabar beradi Gizchina.

Test natijalaridan shu narsa ayon bo‘ldiki, Xiaomi Mi Pad 2 plansheti flgaman darajasida. Yangi qurilma benchmarkda 85 101 ochko jamg‘ardi, ayni shu paytda 10 yadrolik Meizu Pro 5 esa 85 656 ochko yiqqan.

E’tiborlisi, Samsung Galaxy Note 5, Samsung Galaxy S6 Edge va HTC One M9 kabi flagmanlar Xiaomi Mi Pad 2 dan ming, hatto undan ham kamroq ochkoga loyiq ko‘rilgan.

Tavsif va narx

Mi Pad 2 plansheti 7,9-dyuym (2048x1536 piksel) displey, 64-bit to‘rt yadroli, 2,24 GGs takt chastotali Intel x5-Z8500 protsessor, 2 GB tezkor va 16 yoki 32 GB doimiy xotira, 8-megapiksel asosiy va 2-megapiksel frontal kamera hamda quvvati 6190 mAs bo‘lgan akkumulyator bilan ta’minlangan.

Xiaomi Mi Pad 2 plansheti yuklash rejimida ikki operatsion tizim—Android va Windows 10 ni qo‘llay oladi, deb yozadi WindowsCentral.

Planshetning 16 GB doimiy xotiraga ega variantiga 999 xitoy yuani ($155), 32 GB xotiralisiga esa 1299 yuan ($200) narx qo‘yilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!