Xiaomi displeyga joylanuvchi, tegmasdan barmoq izini taniydigan skanerni patentladi!

  •   DiMaX
  •  1507
  •  30.12.2017 18:39

Xiaomi displeyga joylanuvchi, tegmasdan barmoq izini taniydigan skanerni patentladi!

2018 yilning boshidan butun dunyoga yangicha – barmoq izi skaneri bevosita ekraniga integratsiya qilingan smartfon taqdim etiladi. Synaptics kompaniyasi tomonidan yaratilgan bunaqa datchikka ega smarftonni birinchilardan bo‘lib texnologiyalar borasida eng ilg‘or Apple, Sony yoki Samsung emas, balki Xitoyning Vivo kompaniyasi taqdim etadi. Boshqa smartfonsozlar ham ushbu texnologiya tatbiq etilgan qurilmalar tayyorlashga kirishgani xususida ma’lumotlar uchramoqda.

O‘QING: Ekranining o‘zi barmoq izi skaneriga aylantirilgan ilk smartfon ma’lum bo‘ldi va u Samsung mahsuloti emas...

Buni qarangki, «Osmon osti saltanati»dagi tez rivojlanib kelayotgan yana bir smartfonsoz – Xiaomi kompaniyasi Synaptics taqdim etgan modulga umuman qiziqish bildirmagan. Chunki uning o‘zi barmoq izini smartfonning AMOLED-ekrani orqali «o‘qiydigan» yangicha texnologiyaga patent olgani ma’lum bo‘ldi. Biroq u umuman boshqacha bo‘ladi – foydalanuvchi mazkur datchikni ishga tushirish uchun barmog‘ini hatto displeyga tekkizishi ham shart emas!

Xiaomi patentlashtirgan texnologiyaga ega skaner ham ekranga integratsiya qilinadi, biroq uning ishlashi uchun barmoq bilan bevosita kontakt bo‘lishi ham talab etilmaydi. Smartfon egasi shunchaki barmog‘ini smartfon ekraniga yaqinlashtirib ham uni blokdan chiqara oladi.

O‘QING: AliExpress: Xiaomi'ning siz eshitmagan 8 mahsuloti

Mazkur texnologiyaning istalgan boshqa daktiloskopik moduldan ustunlik taraflari mavjud. Ulardan asosiysi – foydalanuvchi nam yoki ifloslangan holdagi barmog‘i bilan ham smartfonini blokdan chiqarib ishlata oladi. Agar kimgadir bu usul yoqmasa, bemalol – Synaptics taqdim etgan sensordagi kabi, ekranning muayyan bir hududiga barmog‘ini bosib ham datchikni ishga tushirish mumkin bo‘ladi.

Boshqacha qilib aytganda, «xitoycha Apple» patentlashtirgan modul shu kabi boshqa yechimlarga nisbatan ilg‘orroq va istiqbolli hisoblanadi. Yaqin kelajakda Xiaomi kompaniyasining yangi smartfonlari shu jihati bilan barchani lol qoldiradi. Zero, boshqa birorta ishlab chiqaruvchi bunday texnologiyaga ega qurilma taklif eta olmaydi. Yangicha – kontaktsiz daktiloskopik skaner Xiaomi smartfonlariga 2018 yildanoq joriy etilishini kutish mumkin.

O‘QING: Xiaomi'dan navbatdagi innovatsiyani qarshi oling!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!