Xiaomi ertaga qaysi smartfonini ko‘rsatmoqchi?!

Xiaomi ertaga qaysi smartfonini ko‘rsatmoqchi?!

Odatda Xiaomi biror yangi smartfonni taqdim etmoqchi bo‘lsa, bu ishni uzoq vaqt davomida tayyorlanib, shov-shuvlar ko‘tarib, barchani nigohini o‘ziga qaratganidan keyingina qiladi. Kompaniya bosh direktori Ley Szun shunchaki Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali ertaga yangi smartfon taqdimoti bo‘lishi aytib o‘tdi. Bu albatta ajablanarli holat.

O‘QING: Hali taqdim etilmagan Xiaomi Mi CC9 smartfoni ilk «jonli» suratda!

Завтра Xiaomi представит новые смартфоны

Aynan qanday yangi modellar namoyish qilinishi hozircha noaniq. Faqat ikkita taxmin mavjud: bu yoki yangi CC9 va CC9e selfi-smartfonlari, yoki bo‘lmasam Meitu bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan, “jajji farishta” nomi bilan ataluvchi ayollar uchun mo‘ljallangan birinchi smartfon bo‘lishi mumkin. Ushbu smartfon quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘lishi kutilmoqda:

Katta ehtimol bilan bu CC9 va CC9e bo‘lsa kerak – ular Xitoyda allaqachon sertifikatlangan. Ushbu o‘rta segmentdagi qurilmalarga Qualcomm Snapdragon 700 seriyasidagi protsessorlardan biri o‘rnatiladi Shuningdek, smartfonlar 32 megapiksellik selfi-kameraga ega bo‘lishi kutilmoqda. Qani ko‘ramiz, qaysi taxminimiz o‘zini oqlar ekan. Barcha tafsilotlarni biz bilan kuzatishda davom eting!

O‘QING: Xiaomi’ning teshik ekranli ilk smartfoni – Mi CC9e xususiyatlari bilan tanishamiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!