Xiaomi fevralda Mi 7’ni ko‘rsatmoqchi emas

  •   DiMaX
  •  1292
  •  29.01.2018 13:23

Xiaomi fevralda Mi 7’ni ko‘rsatmoqchi emas

Aksariyat smartfonsozlar Mobile World Congress singari xalqaro ko‘lamdagi yirik ko‘rgazmalarda o‘zlarining yangi flagmanlarini namoyish etishga odatlanishgan. Jumladan, joriy yilning 26 fevralida boshlanadigan MWC 2018 tadbirida ham bir-biridan a’lo qurilmalar taqdimoti kutilayotir.

O‘QING: Beshta ob’yektivli inqilobiy kameraga ega Nokia 10’ning ilk suratlarini tomosha qilamiz!

Ammo jadal rivojlanib kelayotgan xitoylik kompaniya – Xiaomi ko‘pchilikdan ajralib turishga qaror qilgan ko‘rinadi. Gap shundaki, u o‘zining navbatdagi flagmani – Mi 7 rusumli telefonini MWC 2018 tadbirida namoyish etishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo kompaniya xodimlaridan birining ma’lum qilishicha, Xiaomi o‘zining bu smartfonini mazkur ko‘rgazmada taqdim etmaydi, deb yozadi Android Headlines nashri.

Ammo «xitoylik Apple» baribir Mobile World Congress 2018 ko‘rgazmasida ishtirok etadi – ma’lumotlarga ko‘ra, undagi Hall 6 Stand 6B30 stendini Xiaomi H.K. Limited band etgan.

Shunga qaraganda, biz bu tadbirda iPhone X uslubidagi dizaynda ishlangan Mi MIX 2s smartfonini, hamyonbop Redmi Note 5 modelini yoki 7 dyuymlik displeyga ega Mi Max 3 fabletini ko‘rishimiz mumkin.

O‘QING: Mi Max 3 yilning eng maftunkor smartfoni bo‘ladi

Mi 7 modeliga kelsak, Xiaomi uning taqdimot vaqtini hozircha ma’lum qilmayotir. Ehtimol, uni aprelda namoyish etishar, zero, bu flagmanning bitta oldingi «ajdod»i ham o‘tgan yilning ayni shu oyida taqdim etilgan.

Xitoyliklarning Mi 7 smartfoni Qualcomm Snapdragon 845 chipi va 6 gigabaytlik tezkor xotiradan tashqari, ko‘plab yangicha texnologiyaga ega bo‘ladi. Ammo tahlilchilar mazkur flagman Xiaomi ixlosmandlarini ko‘p ham xursand qilmasligini prognoz qilishmoqda.

O‘QING: Mi 7 haqida Xiaomi fanatlarini xursand qilmaydigan xabar chiqdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!