Xiaomi hamyonbop Redmi Y2 va global MIUI 10’ni rasman taqdim etdi (+video)

  •   DiMaX
  •  2757
  •  08.06.2018 18:37

Xiaomi hamyonbop Redmi Y2 va global MIUI 10’ni rasman taqdim etdi (+video)

«Xitoycha Apple» o‘zining Redmi Y2 selfifonini tayyorlagani haqida kuni kecha xabar bergan edik. Chindan ham, Xiaomi Hindistonda ushbu gadjetni va MIUI 10 proshivkasining global talqinini taqdim etdi.

O‘QING: Bugunoq taqdim etiladigan Xiaomi Redmi Y2 narxi va jihatlari bilan tanishing!

Ta’kidlaganimizdek, Xiaomi Redmi Y2 smartfoni – Redmi S2 modelining Hindiston bozorigagina mo‘ljallangan varianti bo‘lib chiqdi. Faqat avval aytilgan ma’lumotlarning barchasi ham to‘g‘ri emas ekan: bu smartfonga MIUI 10 emas, balki Android 8.1.0 bazasidagi MIUI 9.5 proshivkasi o‘rnatilgan.

Redmi Y2 smartfonining global talqini – Redmi S2 modeliga o‘zimizning Terashop.uz onlayn do‘konimizdan buyurtma berishingiz mumkin. Bunda naqd pulsiz to‘lov usullaridan foydalanish imkoni, xaridingizni O‘zbekiston bo‘yicha yetkazib berish xizmatimiz ham bor.

MIUI 10 proshivkasining global talqiniga kelsak, uning imkoniyatlarini quyidagi lavhada qisqacha ko‘rishingiz mumkin:

Global MIUI 10 proshivkasi beta-testerlar uchun 14 iyun kuni taqdim etilishi kutilayotir.

O‘QING: Qaysi Xiaomi’lar birinchilar qatorida MIUI 10’gacha yangilanadi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!