Xiaomi indingayoq taqdim etadigan smartfonini «Kelajakdan kelgan hadya» deya maqtamoqda (+video)

  •   DiMaX
  •  2860
  •  26.06.2018 15:37

Xiaomi indingayoq taqdim etadigan smartfonini «Kelajakdan kelgan hadya» deya maqtamoqda (+video)

Xitoylik korporatsiya ketma-ket turli modellarda smartfonlar taqdim etib charchamayapti. Jumladan, uning Mi Max 3 fableti 3 iyulda namoyish etilishi haqida hali bugun yozgandik.

O‘QING: Mi Max 3 taqdimot sanasini Xiaomi ovozli yordamchisi «sotib» qo‘ydi!

Lekin Xiaomi boyagina e’lon qilgan qisqa videorolik yuqoridagi ma’lumotni shubha ostiga qo‘ymoqda. Bu lavhada indinga – 28 iyundayoq taqdim etiladigan yangi elektron qurilma reklama qilingan.

Mazkur videorolikda Xiaomi do‘konlaridan biri tasvirlangan. Birdaniga zalda chiroq o‘chib qoladi va yorqin moviy chaqmoq chaqib, namoyish stendida kompaniya logotipi tushirilgan qadoq paydo bo‘lib qoladi. Bu xuddi «Terminator» filmining boshidagi lavhani eslatadi.

Reklama roligida xitoychada: «Bu – kelajakdan hadya» degan ovoz yangraydi. Esingizda bo‘lsa, filmda Terminator ham kelajakdan kelib qolgan edi.

Mana, lavhani birga tomosha qilamiz:

«Kelajakdan kelgan hadya»ning o‘lchamlari oddiy smartfondan kattaroq ko‘rinadi. Ammo Xiaomi ikki kungina avval Mi Pad 4 modelini taqdim etganini inobatga olsak, bu yangi qurilma planshet bo‘lmasligi ehtimoli yuqori. Aftidan, bu Xiaomi Mi Max 3 fableti bo‘lsa kerak.

Bu boradagi yangiliklarni biz bilan birga kuzating.

O‘QING: Atigi 170 dollarlik, ammo metall korpus va «aqlli» kameraga ega Xiaomi Mi Pad 4 taqdim etildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!