Xiaomi Mi 11i/Mi 11X Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xiaomi Mi 11i/Mi 11X Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Oxiri bormikan? Xiaomi'ning Mi 11 lineykasi doirasidagi smartfonlar soni ayni damda 8 taga yetdi. Bir necha Lite, Ultra va standart Mi 11'dan so‘ng endi Mi 11i bilan tanishamiz.

O‘QING: Xiaomi Black Shark 4'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Biz hozir ko‘rib chiqayotgan smartfon global bozor uchun Mi 11i deb chiqarilgan bo‘lsa-da, Hindistonga atab taqdim qilingan Mi 11X Pro modeli ham qahramonimiz bilan ayni bir xil. Ayni damda, har ikki smartfon Xitoyda sotiluvchi Redmi K40 Pro+ modeli bilan bir xil.

Mi 11i'ning texnik jihatlariga nazar solib, smartfonni «flagman qotili» deyish mumkin. Qurilma yuqori toifa Snapdragon 888 chipiga ega. Lekin hamyonbop model bo‘lgani bois bir necha jihatlardan mahrum ham qilingan.

Ekran Mi 11s'dagi kabi 1440p emas, biroq Super AMOLED displey 120Hz yangilanish chastotasiga ega va HDR'ni qo‘llab-quvvatlaydi, yorqinlik darajasi juda yuqori.

Kamera tizimi esa standart Mi 11'dagi bilan deyarli bir xil — asosiy kamera 108MP (lekin sensori kichikroq), ultrakeng kamera (rezolyutsiyasi pastroq, lekin o‘rnatilgan fokus bir xil) va 5MP makroobektiv.

Akkumulyator sig‘imidan bir necha milliamper-soat olib tashlangan, zaryadlash tezligi esa 67 yoki 55 vatt emas, 33 vattga tushirilgan. Ekran himoyasi sifatida Victus emas, Gorilla Glass 5 o‘rnatilgan.

Xiaomi Mi 11i/Mi 11X Pro'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 163.7x76.4x7.8 mm, 196g; IP53 chang va suv sachrashidan himoya.

> Displey: 6.67" Super AMOLED, 120Hz, HDR10+, 1300 nit (maks.), 1080x2400p rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 395ppi zichlik.

> Chipset: Qualcomm SM8350 Snapdragon 888 5G (5 nm): sakkiz yadroli (1x2.84 GHz Kryo 680 & 3x2.42 GHz Kryo 680 & 4x1.80 GHz Kryo 680); Adreno 660.

> Xotira: 128GB 8GB RAM, 256GB 8GB RAM; UFS 3.1.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, MIUI 12.

> Orqa kamera: •Keng (asosiy): 108 MP, f/1.8, 26 mm, 1/1.52", 0.7 µm, PDAF; •Ultrakeng: 8 MP, f/2.2, 119˚; •Makro: 5 MP, f/2.4, 50 mm, 1/5.0“, 1.12 µm.

> Old kamera: 20 MP, f/2.5, (keng), 1/3.4", 0.8µ m.

> Video yozuv: •Orqa kamera: 8K@30 kadr/sek., 4K@30/60 kadr/sek., 1080p@30/60/120/240/960 kadr/sek., giro-EIS, HDR10+; •Old kamera: 1080p@30 kadr/sek., 720p@120 kadr/sek.

> Akkumulyator: 4,520 mAs; 33 vattda tezkor quvvatlash, 52 daqiqada 100% (reklamaga ko‘ra), Power Delivery 3.0, Quick Charge 3+.

> Boshqa: barmoq izi skaneri (yon tomonda); infraqizil port.

Qadoq tarkibi
Mi 11i modeli standart Mi 11 singari misrang harflar tushirilgan oq qutida sotiladi. Qiyos uchun, Mi 11 Ultra qora qadoqqa ega edi.

Foto: GSMArena

Qadoq ichidan smartfondan tashqari 33 vattlik quvvatlagich, USB-A ga USB-C kabeli, quloqchinlar uchun dongl va shaffof silikon himoya g‘ilofi o‘rin egallagan.

O‘QING: Xiaomi Redmi Note 10 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!