Xiaomi Mi 12 hamda Xiaomi Mi 12 Ultra smartfonlarining ilk texnik ko‘rsatkichlari ma’lum

Xiaomi Mi 12 hamda Xiaomi Mi 12 Ultra smartfonlarining ilk texnik ko‘rsatkichlari ma’lum

2021 yil 27 avgustda internet sahifalarida Xiaomi kompaniyasining yangi Xiaomi Mi 12 va Xiaomi Mi 12 Ultra flagmanlarining kameralari haqida tafsilotlar paydo bo‘ldi.

O‘QING: To‘qqizta Xiaomi smartfoni MIUI 12.5 Enhanced'ga o‘tmoqda

Ular shu yilning dekabri yoki noyabrida chiqarilishi kutilmoqda. Ushbu ikki qurilma SoC Qualcomm Snapdragon 898 chipida ishlovchi dunyodagi birinchi smartfonlar bo‘lishadi. Ular, shuningdek, 200 megapikselli kameraga ega bo‘lgan birinchi smartfonga aylanishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, Mi 12 va Mi 12 Ultra smartfonlarining kamera modullari uchta kameradan iborat bo‘ladi.

Mi 12 Ultra smartfonida 200MP asosiy kamera, 50MP 10x zumga ega bo‘lgan telefoto kamera hamda 50MP ultrakeng kameralari bo‘ladi. Mi 12 smartfoniga ham 200MP asosiy kamera o‘rnatiladi. Biroq Ultra modelidan farqli o‘laroq, unda telefoto kamera bo‘lmaydi.

Ikkala smartfonning ultrakeng kameralarida makro funksiyasi bo‘ladi.

O‘QING: Xiaomi Mi NoteBook Pro va Mi NoteBook Ultra flagman noutbuklari taqdim etildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.