Xiaomi Mi 6 kuchli kameraga egaligini isbotlaydigan suratlar

Xiaomi Mi 6 kuchli kameraga egaligini isbotlaydigan suratlar

Bosh kamerasi qo‘sh modulli suratga olish tizimiga ega Xiaomi Mi 6 kamerasida so‘nggi fotografiya texnologiyalari joriy qilingan. Uning Osiyo smartfon bozorida jadal ommalashuvi taxmin qilinmoqda. Bu flagman brendga smartfon bozoridagi OPPO’ning “Selfie Experts” va Vivo’ning “Camera Phone” kabi kuchli kamera texnologiyasi joriy qilingan smartfonlariga qarshi raqobatga dosh berishini ta’minlaydi.

Mi 6’ning kamera tizimi qisman iPhone 7 Plus kabi: teleob’yektiv va telefoto modullaridan iborat. U 12 megapikselli keng burchak ostida suratga oluvchi teleob’yektiv sensori va yana bir 12 megapikselli, 2 karrali zumga ega telefoto sensor bilan “qurollantirilgan”.

12 megapikselli keng burchak ostida suratga oluvchi sensorning optik apertura hajmi f/1.8 standartida bo‘lib, Sony IMX386 modelidagi bu sensor manzarani 1.25 mikron pikselda muhrlaydi. Shuningdek, sensorda 4 o‘qli optik barqarorlashtirish texnologiyasi joriy qilingan.

Suratni 4 o‘qli asosda optik barqarorlashtirish nima degani?
Bu texnologiya qo‘llarning titrashi oqibatida yuzaga keladigan xiraliklarning oldini oladi. Bu texnologiyada smartfon kamerasi giroskop va akselerometr datchiklari yordamida yuzaga kelayotgan titroqlarni aniqlaydi va kameraning qay holatda turganiga qarab, uning linzasidagi kichik maxsus dvigatelni sozlaydi. Natijada, hatto yorug‘lik past sharoitda ham barqaror va tiniq surat olish imkoni paydo bo‘ladi.

12 megapikselli telefoto esa f/2.6 ((52 mm.li kamera tuynugi) hajmidagi aperturaga ega. Samsung’ning S5K3M3 ISOCELL modelidagi bu sensor tasvirni 1.0 mikron pikselda muhrlaydi. Mi 6’ning old kamerasida 8 megapikselli Sony IMX268 sensori o‘rnatilgan. Bu kamera sifatli va yorqin suratga oladi.

Quyida Xiaomi Mi 6 kameralarida olingan suratlardan namunalarni e’tiboringizga havola qilamiz. Ilk 3 suratda 2 karralik yaqinlashtirish funksiyasidan ham foydalanilgan.

Xiaomi Mi 6 dual camera

Xiaomi Mi 6 dual camera

Xiaomi Mi 6 dual camera

Xiaomi Mi 6 dual camera

Xiaomi Mi 6 dual camera

Xiaomi Mi 6 dual camera

Xiaomi Mi 6 camera sample

Xiaomi Mi 6 camera sample

Xiaomi Mi 6 camera sample

Xiaomi Mi 6 camera sample

Xiaomi Mi 6 camera sample

Xiaomi Mi 6 camera sample

Yorug‘lik past sharoitda olingan suratlar.

Xiaomi Mi 6 camera sample

Xiaomi Mi 6 camera sample

Xiaomi Mi 6 camera sample

Xiaomi Mi 6 camera sample

Xiaomi Mi 6 camera sample

Xiaomi Mi 6 camera sample

Xiaomi Mi 6 camera sample

Xiaomi Mi 6 camera sample

Xiaomi Mi 6 camera sample

Mi 6 smartfoni 5,15 dyuymli Full HD (1080p) ekran, ilg‘or Snapdragon 835 chipseti, Adreno 540 videokartasi, 6 GB operativ xotira, 64 yoki 128 GB doimiy ichki xotira, 3,350 mA soat sig‘imli akkumulyator bilan ta’minlangan. Flagman Android 7.1.1 Nougat’ning o‘zlashtirilgan MIUI 8.0 talqinida faoliyat ko‘rsatadi. Smartfon korpusi shisha va po‘lat uyg‘unligida tayyorlangan, nam va chang ta’siridan himoyalangan.
28 aprel kuni Mi 6’ning doimiy xotirasi 64 GB bo‘lgan talqini $360, doimiy xotirasi 128 GB bo‘lgan versiyasi $420 AQSh dollaridan sotuvga chiqib, soniyalar ichida tamom bo‘lgan edi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!