Xiaomi Mi 6 Plus nega taqdim qilinmagani aytildi

Xiaomi Mi 6 Plus nega taqdim qilinmagani aytildi

Xiaomi Mi 6 smartfonining bir necha o‘ng ming donalik ilk partiyasi onlayn rejimda sanoqli sekundlarda sotilib ketgach, Xiaomi ham amerikalik protsessor ishlab chiqaruvchi bo‘lgan Qualcom’ga so‘nggi flagman chipidan ko‘proq buyurtma qilgan. Biroq, barcha smartfon ishlab chiqaruvchilar uchun tayyor marketing “quroli” bo‘lgan Snapdragon 835 protsessori ayni paytda tanqis.

Xitoylik tahlilchi Pan Szyutan (Pan Jiutang)’ning yozishicha, Xiaomi Mi 6 Plus aynan shu chipning yetishmovchiligi bois ham taqdim qilinmagan. Ayni paytda, Qualcom peshqadam chipini faqatgina 1-raqamli xaridor — Samsung’ga Galaxy S8 uchun yetkazib bermoqda. Garchi, bu protsessorni Samsung’ning o‘zi ham ishlab chiqarsa-da, unga bo‘lgan ehtiyoj hali juda yuqori.

Xiaomi Mi 6 Plus’ning taqdiri esa hozircha ma’lum emas.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!